Mirishkor tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 2003-yil 6-yanvarida Usmon Yusupov va Bahoriston tumanlarining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan[1]. Mirishkor tumani Qashqadaryo viloyatining janubi-gʻarbida joylashgan. Tuman shimoldan Muborak, sharqdan Kasbi, Qarshi, Nishon tumanlari, gʻarbdan Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlari, janubdan Turkmanistonning Lebap viloyati bilan chegaradosh. Mirishkor tumanida 40 fuqarolar yigʻini (Avazchoʻl, Vori, Guliston. Gulshanbogʻ, Jeynov, Mirishkor, Navbahor, Obod, Pomuq, Chamanzor, Chandir, Yangiobod) bor. Maydoni 3,1 ming km2. Mirishkor tumani hududi jihatidan Qashqadaryo viloyatida 3 oʻrinda turadi. Aholisi 124,100 kishi (2022-yil 1-yanvar). Eng yirik aholi punti -Jeynov shaharchasi (26,4 ming kishi) Tuman markazi - Yangi Mirishkor qishlogʻi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, arab, turkman, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 kmʼ ga oʻrtacha 28,1 kishi (2005).[2]

Mirishkor tumani
tuman
Tarkibida Qashqadaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Yangi Mirishkor
Asos solingan sanasi 6-yanvar 2003
Tuman hokimi Fayzullo Gʻulomov
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 124,100 kishi
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil raqami kodi 70
Rasmiy sayti http://mirishkorpress.uz
Xaritada
Mirishkor tumani xaritada
Koordinatalari: 38°54′7″N 65°0′3″E / 38.90194°N 65.00083°E / 38.90194; 65.00083 G O

Tabiati tahrir

Tuman hududi Qarshi choʻli zonasida joylashgan. Relyefi, asosan, tekisliklardan iborat boʻlib, sharqdan janubi-gʻarb tomon biroz pasayib boradi (Qorabuloq botigʻida 280 m gacha pasayadi). Mirishkor tumani huludidagi qirlardan chorva uchun yaylov sifatida foydalanilali.

Tumanning gʻarbiy va janubiy hududi yarim mustahkamlangan qumli maydonlar bilan band. Koʻchma qum barxanlari, eol-akkumulyativ, yaʼni shamol yotqiziqli qumtepa-joʻyakli relyef shakllari, gil yotqiziqli yassi yuzali tekisliklar bor. Toʻrtlamchi davrning choʻkindi yotqiziqlari tagida neogen va paleogen davrining giltosh, qumtosh, ohaktosh, gips-angidritli dengiz yotqiziqlari, boʻr va yura davrlarining issiq va sernam sharoitli dengiz yotqiziqlari uchraydi. Mirishkor tumanida bir qancha berk botiqlar: Qorabuloq, Dengizkoʻl, Xoʻjam Sayot, Qirqchashma va boshqa bor. Ularda shifobaxsh balchiqlar, tuz qatlamlari hosil boʻlgan. Tuman hududida Alang, Pomuq, Kultogʻ, Koʻkdumaloq, Oʻrtabuloq, Zevarda, Dengizkoʻl kabi neft, gaz va kondensatga boy konlar mavjud.

Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati 2°, iyulniki 28°— 29,5°. Yozi issiq, quruq, davomli. Eng past harorat —28°, eng yuqori harorat 47°. Yozda garmsel shamoli taʼsirida oʻt-oʻlanlar qurib qoladi. Vegetatsiya davri 242 kun. Yillik yogʻin 130–200 mm. Tuproqlari gil, shoʻrxok, oʻtloq, oddiy boʻz tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan °juzgʻun, iloq, silen, shayton-kovush, karrak, qizil qandim, yetmak, saksovul, shuvoq, shoʻra, tuyaqorin, yantoq, qoʻngʻirbosh, ]lolaqizgʻaldoq, qamish, yalpiz, isiriq, chitir, chuch-moma, zira va boshqa oʻsadi. Yovvoyi xayvonlardan tulki, chiyaboʻri, jayron, sichqon, kalamush, tipratikan, yumronqoziq, sudraluvchilardan echkemar, kaltakesak, har xil ilonlar; qushlardan tustovuq, kaptar, chumchuq, burgut, turna, laylak, qaldirgʻoch, musicha, sassiqpopishak va boshqa bor. Tuman yerlari Amudaryodan suv oladigan Mirishkor kanalidan sugʻoriladi.

Mahallalar tahrir

Mirishkor tumani 40 ta mahalla fuqarolar yigʻinidan tashkil topgan[3].

Mahalla nomi MFY raisi
1 Avvona MFY Sherzod Safarov
2 Ayzabod MFY Nodir Aminov
3 Baluj MFY Sanjar Nurillayev
4 Bahoriston MFY Ochil Azizov
5 Barhayot MFY Dilmurod Payanov
6 Baraka MFY Shonazar Hamroyev
7 Boʻston QFY Sunnat Pirqulov
8 Doʻstlik MFY Gʻulomjon Saidov
9 Guliston QFY Bobur Sattorov
10 Gulobod MFY Baxodir Bakirov
11 Gulshanbogʻ QFY Soatqul Moʻminov
12 Istiqlol MFY Erkin Eshmurodov
13 Jeynov MFY Farxod Aliyev
14 Madaniyat MFY Toʻlqin Ataxanov
15 Mirishkor MFY Xilola Axmedova
16 Mirobod MFY Temur Xudoyberdiyev
17 Navbahor QFY Fazliddin Xudoyqulov
18 Navroʻz MFY Mavjuda Yomgʻirova
19 Nurafshon MFY Zafar Karimov
20 Obod QFY Shuxrat Bozorov
21 Obodon MFY Obid Karimov
22 Oltin boshiq MFY Xolmurod Asadov
23 Oqmachit MFY Sanjar Sariqov
24 Pomuq MFY Erkin Nurgeldiyev
25 Qurama MFY Beshboy Sharipov
26 Tinchlik MFY Elmurod Yagmurov
27 Vori QFY Xamidullo Oʻrinov
28 Yangi ariq MFY Axmad Barotov
29 Yangi Jeynov MFY Jamshid Boymurodov
30 Yangi Mirishkor MFY Erkin Niyozqulov
31 Yangi qishloq MFY Maxmud Baratov
32 Yangihayot MFY Farxod Aktamov
33 Yangiobod QFY Xaydar Boboyev
34 Yuksalish MFY Xamroqul Mamatov
35 Zafar MFY Muxiddin Azizov
36 Oʻzbekiston MFY Oʻtkir Qorayev
37 Shirin MFY Bobomurod Sariqulov
38 Shodlik MFY Yoʻlbars Babayev
39 Chamanzor MFY Yoqub Azimov
40 Chandir Oʻktam Xabibov

Moddiy madaniy meros obyektlari tahrir

Mirishkor tumanida 18 ta obyekt Oʻzbekiston Respublikasining Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[4].

Arxeologiya yodgorliklari tahrir

Tumanda jami 9 ta arxeologiya yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.

Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1 Pirmaqalatepa XI—XIII asrlar Pomuq MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
2 Koʻhna Foziltepa XI—XVII asrlar Guliston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
3 Nomsiztepa XI—XIII asrlar Guliston MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
4 Rabodtepa XII—XIII asrlar Pomuq MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
5 Nomsiztepa XI—XIII asrlar Pomuq MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
6 Oqmachittepa XI—XIII asrlar Oqmachit MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
7 Nomsiztepa XI—XVII asrlar Obod MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
8 Nomsiztepa XI—XIII asrlar Obod MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
9 Qoʻshtepa XII—XIII asrlar Obod MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Arxitektura yodgorliklari tahrir

Tumanda jami 6 ta arxitektura yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.

Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1 Pomuq masjidi XVIII asr Jenov MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
2 Sardoba XIX asr Oltin boshoq MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
3 Chor gumbaz masjidi XIX asr Jenov MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
4 Yakka gumbaz masjidi XIV asr Jenov MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
5 Ayvon masjidi XIV asr Jenov MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
6 Chandir masjidi XIV asr Chandir MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Monumental sanʼat yodgorliklari tahrir

Tumanda jami 2 ta monumental sanʼat yodgorligi milliy roʻyxatga kiritilgan.

Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1 Maqsud Shayxzoda haykali 1986-yil Jenov MFY Jenov qishlogʻi Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
2 Motamsaro Ona haykali 1985-yil Yangi Mirishkor qishlogʻi Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Diqqatga sazovor joylar tahrir

Tumanda jami 1 ta diqqatga sazovor joylar milliy roʻyxatga kiritilgan.

Obyekt toʻliq nomi Obyekt davri Obyekt manzili Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq
1 Isoq ota maqbarasi XIV asr Pomuq MFY Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida

Manbalar tahrir

  1. „QASHQADARYO VILOYATINING BAHORISTON VA USMON YUSUPOV TUMANLARINI BIRLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz (29-iyun 2003-yil). Qaraldi: 14-mart 2023-yil.
  2. Latif Erdonov, Ovod Joʻraqulov, Mahliyo Sohibova, Qoʻshmurod Yomgʻirov. „Mirishkor tumani“ OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. https://mirishkorpress.uz/mahallalar/
  4. „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz (4-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 16-mart 2023-yil.