Lolaqizgʻaldoq
Lolaqizgʻaldoq (Papaver pavoninum Schrenk) — koʻknordoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt. Boʻyi 10—40 sm. Poyasi dagʻal tuklar bilan qoplangan, tub barglari uzun bandli, poyadagilari bandsiz. Barg plastinkasi ikki karra patsimon qirqilgan. Gullari yirik, gultojbarglari qizil, tubida yoysimon qora dogʻi bor. Mevasi dagʻal tuklar bilan qoplangan, dumaloq koʻsak. Aprelda gullaydi, mayning oxirida mevalaydi, iyunda quriydi. L. choʻllar, adirlar, bogʻlar, yoʻl yoqalari va bahorgi ekinlar orasida koʻp uchraydi. Poyasi, bargi va gullarida 0,1% alkaloid bor. Gultojbarglarining suvi xalq tabobatida oftob urgan bolalarga ichiriladi, shuningdek, ogʻrigan koʻzni yuvish uchun ishlatiladi. L.ni mollar yemaydi, pichanga aralashsa (ayniqsa, gullaganda) chorva mollarini zaharlashi mumkin.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |