Matluba Usanova—sharqshunos filolog, arabshunos, tarix fanlari nomzodi. 1938-yil Oʻsh shahrida (Qirgʻiziston) tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1964-yil bitiruvchisi.

Faoliyati

tahrir

1965–1990-yillar Oʻz FA Tarix va arxeologiya institutining Oʻzbekistonning qadimgi va oʻrta asr davri tarixi boʻlimida avval katta laborant, keyin kichik ilmiy xodim va ilmiy xodim. 1990-yildan nafaqaga chiqquncha, OʻzFA SHI manbashunoslik va qoʻlyozmalarni tavsiflash boʻlimida katta ilmiy xodim.

Ilmiy yoʻnalishi

tahrir

Oʻrta Osiyoda mato ishlab chiqarish tarixi, manbashunoslik. 20 dan ortiq ilmiy va ommabop ishlar muallifi.

Asosiy ilmiy ishlari

tahrir

Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: “Oʻrta Osiyoda IX – X asrlarda toʻqimachilik ishlab chiqarish tarixi”. – T., 1989.

  • K istorii gorodov Xorezma X veka // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. – Toshkent, 1985. – №6. – S.46–49.
  • Muqanna haqida soʻz // Saodat. – Toshkent, 1988. – №11.
  • Paxta tolasidan chiqarilgan matolar // Adabiy meros. – Toshkent, 1989.
  • Iz istorii tekstilnogo proivodstva v Sredney Azii IX – XII vekov (o tkani “dibadj”) // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. – Toshkent, 1989. – №7. – B. 36–40.
  • K istorii proizvodstva lnyanыx tkaney v srednevekovoy Sredney Azii // Obщestvennыe nauki v Uzbekistane. – Toshkent, 1989. – №11. – S.37–41.
  • “Zandanachi” matosi toʻqib chiqarish tarixidan // Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar. – Toshkent, 1993. – №6.

Manbalar

tahrir
  • O'zbekiston sharqshunoslar bibliografiyasi, Toshkent, 2021