Matryona Stepanovna Nogovitsina (6-noyabr, 1991-yil, Muguday, Churapchi ulusi, Yoqutiston) — rossiyalik sportchi, shashkachi.

Matryona Nogovitsina
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi Matryona Stepanovna Nogovitsina
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 6-noyabr 1991-yil (1991-11-06) (32 yosh)
Muguday, Churapchi ulusi, Yoqutiston
Sport
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Qaysi sport shashka
Klubi Nijneye-Lenskoye
Murabbiy(lar)i Nikolay Kichkin (kichik) va Aleksandr Georgiyev

Matryona Nogovitsina 2021-yilgi jahon chempioni, 2018-yilgi Yevropa chempioni, eng yosh rossiyalik ayollar chempioni (2006-yil), ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati sovrindori (bronza, 2004-yil). 2010-yilgi xalqaro shashka boʻyicha jahon chempionatining bronza medali sovrindori[1], 2011-yilgi jahon chempionatining kumush medali sohibi. Qizlar oʻrtasida Yevropa va Rossiyaning koʻp karra chempioni[2]. Xalqaro shashka boʻyicha jahon kubogi chempioni (2010). Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori (2004, 2008). Rossiya chempioni (2006, 2010, 2015, 2020), shashka boʻyicha Rossiya xalqaro chempionatining kumush medali sovrindori (2009). Shashkada tez oʻyin boʻyicha Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2007). Oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni (2008, 2009), xalqaro va rus shashkasi boʻyicha Yevropa (2001, 2004, 2005, 2006, 2007, 2008, 2010) va Rossiya (2000, 2002, 2003, 2004, 2007, 2005 va 2 ta xalqaro) chempioni. Rossiya klub chempionatlarining bir necha bor chempioni va sovrindori. 2021-yilda shashka boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritiv, jahon chempioniga aylanadi. Bu uning birinchi jahon chempioni unvonidir.

Xalqaro grossmeyster, Rossiya grossmeysteri.

2007-yildan ShVSM RS(Y) va Nijneye-Lenskoye shashka klubida oʻynaydi.

Murabbiylari Nikolay Nikolayevich Kichkin (kichik) va Aleksandr Sergeyevich Georgiyev.

Taʼlimi

tahrir

1999-yildan shashka bilan shugʻullanadi. Churapcha respublika sport maktab-internatining oʻquvchisi (murabbiylari Kichkin N. N. (kichik), Birdinnirova M. N., Kichkin N. N.). Churapcha respublika sport maktab-internatini oltin medal bilan tamomlagan. 2008-yildan Sankt-Peterburg davlat moliya-iqtisod universiteti talabasi.

Jahon va Yevropa chempionatlaridagi yutuqlari

tahrir
Yil Shakli Oʻtkazilgan joy Turnir/match Natija Oʻrin
2006 Yevropa chempionati   Bovec Turnir +2 =6 −1 10
2007 Jahon chempionati   Yakutsk Turnir +4 =9 −2 8
2008 Yevropa chempionati   Tallin Turnir +4 =4 −1 3
2010 Yevropa chempionati   Sępólno Krajeńskie Turnir +3 =5 −1 4
2010 Jahon chempionati   Ufa Turnir +0 =9 −1 3
2011 Jahon chempionati   Rovno Turnir +6 =7 −0 2
2012 Yevropa chempionati   Emmen Turnir +1 =8 −0 14
2013 Jahon chempionati   Ulan-Bator Turnir +4 =9 −2 7
2014 Yevropa chempionati   Tallin Turnir +3 =5 −1 10
2015 Jahon chempionati   Uxan Turnir +4 =9 −2 7
2016 Yevropa chempionati   Izmir Turnir +3 =6 −0 3
2018 Yevropa chempionati[3]   Moskva Turnir +3 =6 −0 1
2019 Jahon chempionati   Yakutsk Turnir +6 =7 −2 4
2021 Jahon chempionati   Tallin Turnir +9 =6 −0 1

Manbalar

tahrir
  1. „Ноговицына — третья на чемпионате мира по шашкам“ (ru). Championat.ru (2010-yil 28-oktyabr). 2010-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-mart.
  2. Юрий Черток. „Международные шашки“. Спорт-Экспресс (2009-yil 24-aprel). 2017-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-mart.
  3. „X European Women's Championship“. 2019-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-may.

Havolalar

tahrir