Matthew Kennedy(1994-yil 1-noyabrda tugʻilgan) − Shimoliy irlandiyalik professional futbolchi boʻlib, Shotlandiyaning Premiership ligasidagi Kilmarnock klubida hujumchi sifatida toʻp suradi. Shotlandiyaning yigirma yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasida ham Shimoliy Irlandiya terma jamoasida ham faoliyat yuritgan.

Kennedy oʻz faoliyatini Kilmarnock klubida boshlagan va Shotlandiya Yoshlar terma jamoasining barcha xalqaro oʻyinlarda qatnashgan. Kennedy 2012-yil avgustida „Everton“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2015-yilning fevralida „Kardiff Siti“ klubiga oʻtmasidan avvalroq „Tranmer Rovers“, „Milton Keyns Dons“ shu bilab birga, „Hibernian“ jamoalarida ijara futbolchi sifatida toʻp surgan. 2015- 2016-yilgi mavsumda va 2016-yil yanvarda Port-Veyl jamoasiga, undan soʻng 2017-yil yanvarida Plimut Argyle klubiga ijarada oʻynagan hamda Kennedy Plimut klubiga mavsum oxirida quyi liga hisoblangan EFL 2-ligadan yuqori ligaga chiqishga oʻz hissasini qoʻshgan. 2017 hamda 2018-yilgi mavsumlarda Portsmouth jamoasiga ijara asosida kelib qoʻshilgan.

Kennedy 2018-yil iyul oyida St Johnstone klubi bilan shartnoma tuzgan holda, Shotlandiya futboliga qaytgan. 2020-yil yanvar oyida Aberdeen klubiga koʻchib oʻtgan, Kennedy 2023-yil iyun oyida Kilmarnock jamoasiga qaytishdan oldin, ikki mavsum davomida Aberdeen klubida toʻp surgan

Faoliyati

tahrir

Kilmarnock klubi

tahrir

Kennedy Keltik va Rangers yoshlar akademiyasida tayyorgarlik koʻrish imkoniga ega boʻlgan, ammo klub Janubiy Ayrshirdagi uyiga yaqinroq boʻlganligi sababli Kilmarnock aʼzosi boʻlishni tanlagan[1]. Kennedy Kilmarnock klubini oʻziga mos keladigan futbol taktikasida oʻynashini anglagan va bu klubda oʻz oʻrniga ega boʻlgan[2]. 2011-yil 19-noyabrda, 17 yoshida, Kennedy Easter Road stadionida Hibernist klubi bilan 1-1 hisobida kechgan durrang oʻyinda ilk marta jamoa safida oʻz debyutini amalga oshirgan[3]. 2012-yil 2-yanvar kuni Rugbi Park stadionida Sent Mirrenn klubi bilan kechgan 2-1 hisobli oʻyinda oʻz jamoasi safida toʻliq maydonga tushgan[4]. Kennedy 2011 hamda 2012-yilgi musobaqaning yakunida 11 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2012 va 2013-yilgi mavsum boshida klubni tark etishdan oldin uchta oʻyinda ishtirok etgan; murabbiyi Kenny Shiels Kennedyning Kilmarnockni juda tez tark etgani va Kennedyning klubda „toʻgʻri rivojlanishini“ koʻra olmasligidan xafa ekanligini taʼkidlab oʻtgan[5].

Cardiff citydagi faoliyati

tahrir
 
Kennedy 2015-yilda Cardiff city klubi safida maydonga tushgan.

2015-yil 2-aprel kuni Kennedy Chempionship jamoasi Cardiff City klubiga yarim mavsum toʻp surish kelishuvi bilan kelib qoʻshilgan[6]. Kennedy „Koʻk qushlar“ safida 15 kun oʻtkazgach, Cardiff City klubining oʻz stadionida Blackburn Rovers jamoasi bilan 1-1 hisobida durrang bilan yakunlangan oʻyinda 90 daqiqa toʻliq maydonda harakat qilgan shuningdek, oʻyinning eng yaxshi futbolchisi boʻlgan[7]. Kennedy klub direktori shu bilan birga, klub bosh murabbiyida ham yaxshi taassurot qoldirgan shuning uchun bosh murabbiy Rassel Slade tomonidan klub tarixidagi shartnoma imzolangan eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida eʼtirof etilgan[8]. Kennedy 2014 hamda 2015-yilgi mavsumining ikkinchi yarmiga kelib, klub safida jami 14 ta liga oʻyinida ishtirok etishga ulgurgan.

Kennedy 2015 shuningdek 2016-yilgi mavsumining birinchi yarmida atigi bitta oʻyinda ishtirok etgandan soʻng, u muxlislar tomonidan „unutilgan odam“ deb tasvirlangan[9]. 2016-yil 25-yanvarda Kennedy bir oy muddatga ijara evaziga Port Vale klubiga kelib qoʻshilgan[10]. Kennedy „Valiants“ klubiga murabbiy „Rob Page“ tomonidan jalb qilinganligini aytgan[11]. Kennedy Vale Park stadionida oʻzini yaxshi tomonlarini koʻrsata olgan shuning uchun u oʻz shartnoma muddatini uzaytirilishiga qattiq ishongan[12]. Bir necha marta oʻkazilgan muzokaralardan soʻng, 26-aprelgacha Valiants klubi bilan shartnomasini uzaytirgan[13]. Biroq, Cardiff jamoasi birinchi XI-ligadan quyi ligaga tushgandan soʻng, 7-aprel kuni Cardiff safiga qaytishi kerak boʻlgan[14]. Kennedyning murabbiyi Page „ agar Valiants klubida qolsang, seni asosiy futbochi sifatida maydonga tushasan“ deya aytishiga qaramay, Cardiffga qaytishga majbur boʻlgan[15].

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Shotlandiya yoshlari milliy terma jamoasi safida

tahrir

Kennedy Shotlandiyaning 19 yoshdan kichik, 16 yoshdan kichik va 17 yoshdan kichik boʻlgan jamoasida maydonga tushgan[16]. Kennedy 21 yoshgacha boʻlgan 2012-yil 14-noyabr kuni Setúbal Estádio do Bonfim Portugaliya 21 yoshgacha musobaqasida vaqtinchalik tayinlangan bosh murabbiy Ricky Sbragia tomonidan milliy terma jamoaga jalb qilingan. Kennedy 66 daqiqa maydonda harakat qilgan Callum Paterson bilan almashtirilgan oʻyinda uning jamoasi oʻz raqibini 3-2 hisobida magʻlubiyatga uchratib, Shotlandiya jamoasi 21 yoshgacha boʻlgan jamoalar orasida yagona jamoa deya tan olingan[17].


Manbalar

  1. „Kilmarnock's Kennedy eyes unlikely outing“. The Scotsman (2012-yil 15-mart). Qaraldi: 2018-yil 28-oktyabr.
  2. Phillips, Terry. „Who is Cardiff City starlet Matthew Kennedy? The story of the boyhood Glasgow Rangers fan who signed from Everton“. Wales Online (2015-yil 20-fevral). Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
  3. „Hibernian 1 – 1 Kilmarnock“. BBC Sport. BBC (2011-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 19-noyabr.
  4. „Kilmarnock 2 - 1 St Mirren“. BBC Sport (2012-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
  5. „Kilmarnock boss concern over Matthew Kennedy's Everton switch“. BBC Sport (2012-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
  6. „Scottish U21 international links up permanently from Everton“. Cardiff City FC (2015-yil 2-fevral). 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-fevral.
  7. Phillips. „Snapshot“. cardiffcityfc.co.uk. Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
  8. Tucker, Steve. „Cardiff City signings rated: How have Russell Slade's super seven performed since their January arrivals?“. Wales Online (2015-yil 23-mart). Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
  9. Phillips, Terry. „Cardiff City's forgotten man Matthew Kennedy given chance to stake his claim for first team spot“. Wales Online (2015-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
  10. „Port Vale sign striker Robinson and Cardiff loan winger Kennedy“. BBC Sport (2016-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
  11. Baggaley, Mike. „Matty Kennedy says Cardiff City recommended Vale and boss Rob Page“. The Sentinel (2016-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
  12. „Port Vale: Cardiff City winger Matthew Kennedy eyeing loan extension“. BBC Sport (2016-yil 16-fevral). Qaraldi: 2016-yil 16-fevral.
  13. Baggaley, Mike. „Valiants clinch new deal for Cardiff winger Matty Kennedy“. The Sentinel (2016-yil 26-fevral). Qaraldi: 2016-yil 27-fevral.
  14. Smith, Pete. „Matty Kennedy recalled by Cardiff City“. The Sentinel (2016-yil 7-aprel). Qaraldi: 2016-yil 7-aprel.
  15. Southcombe, Matthew. „Cardiff City winger Matthew Kennedy returns early from Port Vale loan spell as first team opportunities dry up“. Wales Online (2016-yil 7-aprel). Qaraldi: 2016-yil 7-aprel.
  16. „Matthew Kennedy SFA Profile“. Scottish Football Association. Qaraldi: 2011-yil 19-noyabr.
  17. „International Challenge Match“. scottishfa.co.uk. Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.