Matvey Akimovich Yesipov (1897, Chkalov viloyati — 1968, Samarqand) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Moskva rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1918—20). Samarqanddagi "Musulmon agitguruhi"da rassom (1921—23). 1923-yildan Samarqand viloyatlararo rus drama teatri, 1924-yildan Samarqand viloyat musiqali drama teatrining bosh rassomi hamda Samarqand rassomlik bilim yurtida pedagog. Dastlab spektakllarni badiiy bezashda agitplakat uslubidan foydalangan Ye. 30-yillarning 2-yarmidan spektakllar ruhiga mos sahna bezaklari yaratgan. F. Zafariyning "Halima" (1931), Xurshidning "Farhod va Shirin" (1934), "Layli va Majnun" (1955), S. Abdullaning "Tohir va Zuhra" (1948), "Alpomish" (1950), Abdulla Qahhorning "Yangi yer" (1950), "Ogʻriq tishlar" (1955) va b. asarlar asosida yaratilgan spektakllarni badiiy bezagan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil