Maurice Allais
ALLE (Allais) Moris (1911.31.05-2010.9.10) — fransuz iqtisodchisi, iqtisodiy nazariyadagi neoliberal yoʻnalish vakili, professor (1944). 1954-yildan Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida ilmiy xodim. Iqtisodiyotda davlat tomonidan dastur-lashtirishni xususiy korxonalarning raqobati bilan birga qoʻshib olib borishga asoslangan „raqobatli rejalashtirish“ gʻoyasi asoschisi. A. davlatning iqtisodiyotga haddan ortiq aralashuviga qarshi chiqadi. Bu hol, uning fikricha, ijtimoiy vositalarni behuda sarf-lash, erkinliklarni cheklash va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Ikkinchi tomondan, u cheklanmagan raqobat erkinligi tamoyilini amalta oshirishga ham qarshi chiqadi, chunki bu tamoyil monopoliyalarning paydo boʻlishi, soʻngra ularning hukmronligiga olib keladi. „Raqobatli rejalashtirish“ gʻoyasi esa muvozanat vazifasini bajarishi mumkin. Ilmiy ishlari bozorlar nazariyasi, moddiy resurslardan samarali foydalanish va boshqa masalalarga bagʻishlangan. Nobel mukofoti laureati (1988).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |