Mavj
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mavj (oʻlik toʻlqin) — okean yoki dengiz yuzasining toʻliq shamolsizlik holatdagi erkin tebranma harakati. Shamol toʻlqinlari yoki ularning shamol toʻxtagan zonadan oʻzgarib chiqishi taʼsiri natijasida, choʻzinchoq va qiya toʻlqinlar shaklida, hosil boʻladi. Suv yuzasida ketmaket keladigan marza va ular orasidagi botiqlardan iborat. Mavj kattaligi va shakli boʻyicha bir-biridan deyarli farq qilmaydi, undagi suv zarralari toʻgʻri doiraviy orbitalar boʻylab harakat qiladi. Mavjning eng past qismi Mavj etagi, eng baland qismi Mavj yoni qirrasi, eng baland qismi bilan eng past qismi orasidagi tik balandlik M. balandligi, yoni bilan yoki etagi orasidagi masofaga Mavj uzunligi deyiladi. Mavj maʼlum vaqt mobaynida (mas, bir sekundda) oʻtgan masofaga Mavj tezligi deyiladi. Mavj balandligi okeanlarda 10–15 m, dengiz zilzilasi vaqtida 50 m ga yetishi mumkin, Mavj uz 300–400 m, davri 17—20 sek. gacha boʻladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |