Mavlono Lutfulloh (toʻliq ismi: Mavlono Lutfulloh Fathulloh 1487 (1485)-yil —1571-yil) oʻz davrining buyuk irregatori sifatida tarixda qolgan, mashhur alloma boʻlgan.

Mavlono Lutfulloh
Mavlono Lutfulloh Fathulloh
Tavalludi 1487-yil
Vafoti 1571-yil
Namangan viloyatiChust tumani

Biografiyasi tahrir

Mavlono Lutfulloh naqshbandiylik tariqatining mashhur namayondasi. Axsikentdagi madrasada tahsil olgan. Keyinchalik Xo'ja Axrorning halifasi Muxammad Qozi qo'lida 6 yil tahsil olgan. U bir necha marta yashash joyini o'zgartirgan va oxiri Chustga kelib yashagan. Bu yerda dehqonchilik qilgan. Chust shaxrida koʻplab ariqlar va buloqlar uning nomi bilan yuritiladi. Tarixiy manbalarning yozilishicha Mavlono Lutfulloh paygʻambarimiz Muhammad s.a.v.ning sahobalari Abu Bakr Siddiq (r.a.) 16-o‘g‘il shajara bo‘yicha avlodlari hisoblanadi[1]. U kishining qabrlari Chust shahridagi istirohat bogʻida joylashgan va har yili 100minglab odamlar shu bogʻga kelib ziyorat qib ketishadi[2].

Manbalar tahrir

  1. „Chust tarixi“. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  2. „Namangan viloyat ensiklopediyasining birinchi jildi nashrdan chiqdi“. 2023-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.