Mavlono Qurbat
Mavlono Qurbat— (1868—1948) — alloma va faylasuf. Mavlono Mir Muhammad Amin Qurbat 1868-yil Buxoro shahridagi Xoja Zomucha guzarida ulamo oilasida tug‘ilgan. Xoja Zomucha guzari Ko‘kaldosh madrasasi orqasida joylashgan. Uning otasi sadral ulamo (ulamolar raisi) Mavlono G‘iyosiddin bo‘lib, Buxoroning aʼlami boʻlgan. Mavlono G‘iyosiddin „Soqib“ taxallusi bilan sheʼrlar ijod qilgan. „Soqib“ so‘zi „ravshan“, „yorqin“, „duraxshon“ kabi maʼnolarni bildiradi. Mavlono Mir Muhammad Aminning onasi o‘z davrining olimi Mir Said Shamsiddining qizi edi. Maʼlumki, Mir Said Shamsiddin Mir Sharif Jurjoniyning avlodi hisoblanadi. Mir Sharif Jurjoniy „Sharhi mavoqif“ asarining muallifidir[1]. Mavlono Mir Muhammad Amin besh yashar bo‘lganda otasi Mavlono G‘iyosiddin vafot qiladi. Mir Muhammad besh yasharlikdan maktabga qatnab Qori Habibullohdan saboq oladi. U kishi to‘qqiz yasharliklarida savodxon bo‘ladi. Mir Muhammad arab tili, shuningdek, diniy ilmlarni Domlo Abdushukurdan o‘rtandi. U zoti sharif 18 yasharliklarida Mir Arab madrasasida tahsil ola boshlagan. 1890-yil Mir Muhammad Amin bobolari yurti Andxo‘yga boradilar. O‘sha paytda Buxorodan alloma Nizomiddin ham Andxo‘yga borgan. Mavlono Mir Muhammad ustod Nizomiddindan saboq oladi. Fiqh usuli, hadis, aqoid, kalom, hikmat, tasavvuf ilmlarini chuqur o‘zlashtirgan Mavlono Mir Muhammad o‘z zamonasining allomasi bo‘ldi. Tez orada Andxo‘y madrasasida mudarrislik qiladi. Mir Muhammad Amin „Qurbat“ taxallusi bilan sheʼrlar ijod qilgan. „Qurbat“ so‘zining maʼnosi „yaqinlik“, „samimiylik“, „mahram“dir. Qurbatdan „Devon“ meros bo‘lib qolgan. Qurbat zabardast shoir, olim sifatida muhojir o‘zbek va tojiklar orasida g‘oyat mashhur. Ustod Qurbat „Devon“larida falsafiy-axloqiy mazmundagi g‘azal, muxammas, tarjeʼband, qitʼa, ruboiylar bor. Qurbat zullisonayn shoir bo‘lib, o‘zbek va tojik tillarida yozgan[2].
Faylasuf | |
---|---|
Ism |
Mavlono Qurbat |
Tavalludi |
1868-yil |
Vafoti |
1948-yil |
Falsafa maktabi |
|