Mavlono Shihob II (15-asr) — fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Nomi "Majolis un-nafois"ning toʻrtinchi majlisida tilga olingan. Alisher Navoiy uning „mudavvin“ (jamlovchi, toʻplovchi) nomi bilan mashhur ekani, tabiatidagi ajoyibotlar uchun uni „ajoyib ul-maxluqot“ deb atash mumkinligini aytadi. Mavlono Shihob Qurʼon oyatlarini tez topish uchun uni alohida toʻp­lam holiga keltiradi va olimlar bundan hayratga tushadilar.

Navoiy uning soʻnggi paytlarda insoniylik suratidan chiqib, hayvonlik suratiga kirganligi, bu holatiga oʻzining maqlubi mustaviy sanʼati asosida yozgan quyidagi bayti dalil boʻla olishini aytadi:

Mushi xari farrux shavam,

Darki raqam qar kard.

(Mazmuni: Farrux eshagining sichqoniga aylanay, Sonning idroki qar qildi.)

Bunda har bir misra teskari holatda oʻqilganda ham yana oʻsha misra hosil boʻladi[1][2].

Yana qarang

tahrir

Maqlubi mustaviy

Manbalar

tahrir
  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.