Mavlono Xojagiy Imkanagiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mavlono Xojagiy Imkanagiy(arabcha:مولانا خوجاجي إمكاناجي – Mavlono Xojagiy Imkanagiy(vafoti 1600-yil)) – soʻfiy.
Mavlono Xojagiy Imkanagiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | soʻfiy |
Faoliyati
tahrirMavlono Xojagiy Imkanagiy Kitob tumanining Xo'jailmkoni qishlogʻida yashagan mashhur Naqshbandiy shayxlaridan biri boʻlib, tariqatdagi silsilasi otasi Shayx Mavlono Darvesh Muhammad Siy Imkanagiydan (vafoti 1562-yil) boshlanadi. Kitob tumani 44-maktab:
Mavlono Abdulboqi Xojagiy Imkanagiy
Xoʻjailmkoni qishlogʻining nomi Mavlono Abdulboqi Xojagiy Imkanagiy nomlari bilan bogʻliq. Mavlono Abdulboqi Xojagiy Imkanagiy 1512 yil (hijriy 918 yil) da Xoʻjailmkoni qishlogʻida tugʻilganlar. Shu qishloqda 1600 yil (hijriy 1008 yil) vafot etganlar.
Mavlono Xojagiy Imkanagiy naqshbandiya tariqatining ulugʻ vakili, oltin silsilaning katta halqasidan biridirlar. Otalari ulugʻ Shayx Darvesh Muhammad Vaxshuvoriy. Otalari Xoʻjaisparoz qishlogʻida dafn qilinganlar. Mavlono Xojagiy Imkanagiy otasi haqida "Intixob az kitobi „An-nasama“ („Nasama“ kitobidan parcha") nomli asarida yozgan. Naqshbandiya tariqatining Hindistonda vujudga kelgan mujaddiya yoʻnalishining namoyandasi Imom Rabboniy quddisa sirruhuning piri murshidi Xoja Boqiy Billoh quddisa sirruhuning ustozi hisoblanadilar. Samarqan va Buxoro shahridagi oʻz davrining yirik madrasalarida taʼlim olganlar. Tasavvufiy tarbiyani otalari Darvesh Muhammaddan oʻrganganlar . Oʻsha davrning hukmdorlaridan Abdulloxon bilan yaqin munosabatda boʻlganlar. Manbaalarda keltirilishicha Mavlono Hojagiy Imkanagiyning odilona maslahatiga kirmagan soʻnggi Shayboniy hukmdor Pirmuhammad Samarqand taxti uchun boʻlgan urushda yengiladi va oʻldiriladi. harafuddin Roqimiy oʻzining „Tarixi tomm“ nomli asarida bu zot haqida shunday yozadi: "Hazrati qutbu-l-aqtob mavlono Mavlono Xojagiy Imkanagiy (q.s.) Hazrati Mavlono Darvesh (q.s.)ning toʻngʻich oʻgʻillari va farzandi arjumandlaridir. Ul zot oʻz sohibi hollari Hazrati Mavlono Muhammad Zohid xalifa, irodat qoʻllarini qutbu-l-aqtob, zubdatu-l-avliyo, xulosatu-l-atqiyo, qudvatu-l-abror, usvatu-l-axyor Hazrati Xoja Ahpop (q.s.), pok etaklariga urgan va asʼhobi kirom, xulafoi humomlariga aylangan, kamol martabasiga erishgan edilar. Hazrati Mavlono Xojagiy (q.s.)ning muridlari koʻpdir, har biri komil boʻlib, mamlakat viloyatining valiysi edilar…
Mavlono Abdulboqi Xojagiy Imkanagiy davrida Imkana qishlogʻi Movaraunnaharning maʼrifiy va madaniy markazlaridan biriga aylangan. Oʻz davrida Oʻrta Osiyo, Hindiston, Xuroson, Turkiya xalqlari Xojagon Naqshbandiya yoʻlidagi tasavvuf tarbiyasini Mavlono Hojagiy Imkanagiy maktabidan olganlar. U kishi tashkil etgan madrasada fiqh va hadis ilmlari bilan birga dunyoviy bilimlar ham oʻqitilgan.
Mavlono Xojagi Imkanagiy dahmasi
Dahma xonaqohning roʻparasida 20 metr sharq tomonida joylashgan. Uning maydoni kvadrat shaklida. Hamma tomoni 11,2 metr, balandligi 2 metrdan oshiqroq. Qabr marmar toshlar bilan aylantirib oʻralgan. Ustki maydoni pishiq gʻisht bilan qoplangan. Ushbu dahmaning ustida ikkita qabr tosh bor. Shimol tomondagisi Xojagiy Imkanagiyning qabrlari, janub tomonida farzandlari Xoja Abul Qosimning qabrlari joylashgan (melodiy 1613 yida vafot etganlar) . Qabr toshlaridagi yozuv nasx-suls xatida yozilgan. Toshning shimol tomonida uning chetlariga aylantirilib, Ollohning turli sifatlarini anglatuvchi 33 ta ismi yozilgan. Past qismida esa toʻqqiz qator yozuvda qabr sohibi haqida maʼlumot berilgan.
X o n a q o h
Mavlono Hojagiy Imkanagiy hayotlik vaqtlaridayoq qishloqda qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Vafotlaridan soʻng farzandlari Xoja Abul Qosim boshchilik qiladilar. Bir necha yillar davomida bu yerda yirik meʼmoriy inshoatlar majmui qurib bitkaziladi. XYII asrning birinchi choragida bunyot etilgan bu binolar nihoyatda did va mahorat bilan qurilgan edi. Hozirgi vaqtda bizgacha yetib kelgan obidalardan biri bu Mavlona Xojagi Xonaqosi hisoblanadi. Ushbu Xonaqoh Mavlono Abul Qosim mablagʻlari hisobidan 1601-1602 yillarda bunyot etilgan.
Xonaqoh toʻgʻri toʻrt burchak shaklida qoʻrilgan boʻlib 24 x 20,2 metr oʻlchamga teng. Xonaqohning ichki qismi 11,8 x 11,8 kv metr. Usti gumbaz shaklida berkitilgan. Gumbazning diametri 6,0 x 4,0 boʻlib asosiy zalidan ikki marta kichik. Xonaqohga naqsh koshinlari bilan bezatilgan eshiklar orqali uch tomonidan kirish mumkin. Xonaqohning yuqori qismiga uch tomonidan gʻishtli zinapoya orqali chiqish yoʻlagi qurilgan. Hozirgi vaqtda mahalliy aholi tomonidan Xonaqohni ustki qismi oq tunuka bilan yopilganligi uchun chiqish yoʻlagi toʻsib qoʻyilgan.
KORIZ
Mavlono Xojagiy Imkanagiy diniy ilmlar bilan birga dunyoviy ilmlarni ham yaxshi bilgan. Rivoyatlarga koʻra, u koriz usulida suv chiqarib, balandlik yerlarni sugʻorishni yoʻlga qoʻygan. Ana shu fazilatlari tufayli „Xoʻjai ilm koni“ degan nom olgan. Xoʻjailmkoni qishlogʻida bir-biri bilan tutashtirilgan 13 ta yer osti Korizi mavjud (mahalliy aholi tili Kovruz deyiladi). Koriz hozirgi vaqtda ham Xoʻjailmkoni qishlogʻida joylashgan 800 ga yaqin xonadonlarni suvi bilan taʼminlab kelmoqda. Oʻzbekiston hududida yagona foydalanilayotgan Koriz hisoblanadi
KORIZ forschadan – yer osti suvlarini yigʻish va ularni yer yuzasiga chiqarish uchun quriladigan yer osti inshooti boʻlib, aholini suv bilan taʼminlash va sugʻorish maqsadlarida qoʻllanadi. Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan. S Sanai 1010/1600-yilda Hazrati Mavlononing purfutuh ruhi muboraklari tan savmiʼasidan oliy olam xonaqohiga olib ketildi. Munavvar qabrlari Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Xoʻjailmkoni qishlog'idadir".[1] Mazkur asarda qayd etilishicha, Mirzo Moʻmin Munshiy Mavlono Xojagiy Imkanagiy vafotiga shunday tarix bitgan:
Qutbi oliyqadr mullo Xojagin koni safo, On ki tuxmi nekui juz dar dili mardum nakisht. Raft az olam javon gʻavvosi bahri maʼrifat.., Baski bud on qutbi olam, nekxoqi mardumon, Haq taolo dod oʻro joy dar mulki bihisht. Shayxi ahli din chu bud on muqtadoi roʻzgor, „Shayxi ahli din“ qazo taʼrixi favti oʻ navisht.
Mazmuni:
Oliyqadr qutb mullo Xojagay safo konidir, Olamlar diliga yaxshiliqdan oʻzga narsa ekmadi. Ul maʼrifat dengizi gʻavvosi olamdan yosh ketdi… U olam qutbi, odamlarga yaxshilik tilovchi zot edi, Haq taolo unga bihisht mulkidan joy berdi. Din ahli shayxi, zamon muqtadosi edi, Qazo uning v.i tarixini „Shayxi ahli din“ (1010-yil) deb yozdi.
Manbalar
tahrir- ↑ Muhammadiyev N. Nasaf va Kesh allomalari. – B. 70.