Mavretaniya
Mavretaniya (lot. Mauretania) — Shim.-Gʻarbiy Afrikadagi (hozirgi Gʻarbiy Jazoir va Sharqiy Marokash) tarixiy viloyat. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirlarida finikiyaliklar tomonidan egallangan. Shuning uchun M.ning hamma shaharlari nomi puniycha (finikiylarning lot. nomi). Miloddan avvalgi 3-asrda M.ning katta qismi Karfagen qoʻl ostida; miloddan avvalgi 146 yildan Rim taʼsir doirasida. M. hududi milodiy 45 yilda Rim tomonidan bosib olingan va 2 viloyatga ajratilgan: gʻarbda — Tingitan M.si va sharkda — Sezar Mavretaniya [1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |