Maxdum (arab. — xizmat qilinuvchi odam) — pir va ustozlarga beriladigan laqab. Odatda pir va ustozlarga oʻz muridlari va shogirdlari xizmat qilishgan. M.ni baʼzi joylarda pir, ustoz va ulamolarning oʻgʻillariga nisbatan ham ishlatadilar. Baʼzan M. soʻzi "maxsim" deb notoʻgʻri ishlatiladi. Naqshbandiylik tariqati shay-xlaridan Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediy "Maxdumi Aʼzam", yaʼni "Ulugʻ Maxdum" deb eʼzozlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil