Maxime Lestienne
Maxime Lestienne (talaffuzi: Maksim Lestyen; 1992-yil 17-iyunda Belgiyaning Muskron shahrida tugʻilgan) — belgiyalik futbolchi, „Lion City Sailors“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Maxime Christophe Lestienne[1] | ||
Tavallud sanasi | 17-iyun 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Mouscron, Belgiya | ||
Boʻyi | 1.76 m | ||
Ampluasi | Vinger | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Lion City Sailors | ||
Raqami | 17 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1996—2008 | Mouscron | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008—2009 | Mouscron | 20 | (3) |
2010—2014 | Club Brugge | 127 | (37) |
2014—2016 | Al-Arabi | 0 | (0) |
2014—2015 | → Genoa (ijara) | 23 | (1) |
2015—2016 | → PSV (ijara) | 14 | (1) |
2016—2018 | Rubin Kazan | 23 | (5) |
2018 | → Málaga (ijara) | 12 | (0) |
2018—2022 | Standard Liège | 85 | (16) |
2022— | Lion City Sailors | 18 | (8) |
Milliy terma jamoa | |||
2007 | Belgiya U15 | 4 | (1) |
2007—2008 | Belgiya U16 | 11 | (5) |
2009 | Belgiya U17 | 5 | (0) |
2009 | Belgiya U18 | 1 | (1) |
2009—2011 | Belgiya U19 | 14 | (4) |
2010—2013 | Belgiya U21 | 9 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 30-yanvar uchun) |
Klublardagi faoliyati
tahrirLestienne „Mouscron“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 4 yoshida futbol oʻynay boshlagan. „Mouscron“ futbol klubi tarkibida mashgʻulotlarning barcha bosqichlaridan oʻtib, yoshlar jamoasiga kirgan, koʻpincha asosiy jamoa bilan shugʻullangan. 2008-yil 20-dekabrda u „Brugge“ futbol klubiga qarshi Jupile ligasida debyut qilgan[2].
2018-yilning 31-yanvarida Lestienneni Ispaniyaning „Malaga“ jamoasiga o‘tishi eʼlon qilingan[3]. Ammo, shunga qaramay 2018-yilning 25-iyulida Lestienne Belgiyaga qaytib, „Standard“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[4].
Xalqaro faoliyati
tahrir2007-yildan buyon turli yosh toifasidagi terma jamoalar oʻyinlarida ishtirok etib kelmoqda.
2011-yilda Lestienne Belgiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Ruminiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ispaniya, Turkiya va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[5][6][7].
Yarim himoyachi asosiy jamoaning kengaytirilgan roʻyxatidan joy olgan, ammo hozircha u mamlakatning asosiy jamoasi tarkibida debyut oʻtkaza olmagan.
Baxtsiz hodisalar va muammolari
tahrir2013-yilning kuzida Lestienne oʻyin oldidan jinsiy aloqada boʻlgani uchun Belgiya yoshlar terma jamoasidan 6 oyga chetlatilgan[8].
2015-yil oxirida Lestienne va uning „PSV“ futbol klubidagi sherigi Jeroen Zoet tungi klub oldida mushtlashgan. Chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan politsiyachilar futbolchini qo‘lga olishga uringan, biroq Lestienne ularga qarshilik ko‘rsatgani bois, uni mahkamaga olib ketishgan[9].
2017-yilning bahorida futbolchining maydon tashqarisidagi xatti-harakatlari uchun „Rubin“ futbol klubi faxriylari tarbiyaviy chora sifatida Lestienne va uning jamoadoshi Alexandre Songni klub dubliga o‘tkazish masalasini ko‘targan edi. Mashgʻulotlarning birida u spirtli ichimlik isteʼmol qilgani aniqlangan va natijada futbolchilarga oxirgi ogohlantirish berilgan[10].
Statistika
tahrirJamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Xalqaro turnir | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Mouscron | 2008—2009 | 2 | 0 | 0 | 0 | - | 2 | 0 | |
2009—2010 | 18 | 3 | 0 | 0 | - | 18 | 3 | ||
Jami | 20 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 20 | 3 | |
Club Brugge | 2009—2010 | 12 | 1 | 2 | 0 | 2 | 0 | 16 | 1 |
2010—2011 | 15 | 2 | 2 | 0 | 3 | 0 | 20 | 2 | |
2011—2012 | 19 | 6 | 1 | 0 | 5 | 1 | 25 | 7 | |
2012—2013 | 38 | 17 | 2 | 0 | 7 | 1 | 47 | 18 | |
2013—2014 | 39 | 11 | 2 | 0 | 1 | 0 | 42 | 11 | |
2014—2015 | 4 | 0 | - | 3 | 0 | 7 | 0 | ||
Jami | 127 | 37 | 9 | 0 | 21 | 2 | 157 | 39 | |
Genoa (ijara) | 2014—2015 | 23 | 1 | 1 | 0 | - | 24 | 1 | |
PSV (ijara) | 2015—2016 | 14 | 1 | 1 | 0 | 4 | 2 | 19 | 3 |
Jong PSV (ijara) | 2015—2016 | 1 | 0 | - | - | 1 | 0 | ||
Rubin Kazan | 2016—2017 | 13 | 3 | 3 | 0 | - | 16 | 3 | |
2017—2018 | 10 | 2 | 2 | 1 | - | 12 | 3 | ||
Jami | 23 | 5 | 5 | 1 | 0 | 0 | 28 | 6 | |
Málaga (ijara) | 2017—2018 | 12 | 0 | 0 | 0 | - | 12 | 0 | |
Standard Liège | 2018—2019 | 21 | 4 | 1 | 0 | 5 | 0 | 27 | 4 |
2019—2020 | 27 | 7 | 2 | 1 | 5 | 2 | 34 | 10 | |
2020—2021 | 33 | 5 | 3 | 0 | 4 | 2 | 40 | 7 | |
2021—2022 | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 8 | 0 | |
Jami | 89 | 16 | 6 | 1 | 14 | 4 | 109 | 21 | |
Lion City Sailors | 2022 | 25 | 12 | 0 | 0 | 6 | 1 | 31 | 13 |
Umumiy faoliyatida | 256 | 57 | 17 | 1 | 30 | 4 | 309 | 63 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Acta del Partido celebrado el 10 de febrero de 2018, en Málaga“ [Minutes of the Match held on 10 February 2018, in Málaga] (es). Royal Spanish Football Federation. Qaraldi: 2019-yil 12-noyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Мускрон VS. Брюгге 5:1“ (ru). soccerway.com (2008-yil 20-dekabr). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Максим Лестьенн переходит в «Малагу»“. malagacf.com (2018-yil 31-yanvar). 2020-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-aprel.
- ↑ „Максим Лестьенн подписал контракт со «Стандардом»“. standard.be (2018-yil 25-iyul). 2020-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-aprel.
- ↑ „Испания (до 19) VS. Бельгия (до 19) 4:1“ (ru). soccerway.com (2011-yil 21-iyul). 2017-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Турция (до 19) VS. Бельгия (до 19) 1:1“ (ru). soccerway.com (2011-yil 23-iyul). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Бельгия (до 19) VS. Сербия (до 19) 1:1“ (ru). soccerway.com (2011-yil 26-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Лестьенн был отлучен от сборной Бельгии за секс перед матчем“. 2015-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
- ↑ „Игроки ПСВ Лестьенн и Зут были арестованы после драки с полицейскими“ (ru). sports.ru (2015-yil 22-dekabr). 2016-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
- ↑ „Футбол. СМИ: Рыжиков, Кузьмин и Карадениз подняли вопрос о переводе Лестьенна и Сонга в дубль «Рубина»“ (ru). 2017-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-aprel.