Maxmatrasuljon Joʻrayev
Maxmatrasuljon Joʻrayev (1948-yil 17-aprel, Oʻsh shahri, Qirgʻiziston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (1993), professor (1998).
Maxmatrasuljon Joʻrayev | |
---|---|
Tavalludi |
17-aprel 1948-yil Oʻsh shahri, Qirgʻiziston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | fizik |
Sohasi | pedagogika, fizika |
Taʼlimi | Toshkent davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirMaxmatrasuljon Joʻrayev 1948-yil 17-aprel Oʻsh shahrida ishchi oilasida tugʻilgan[1]. 1965-yilda Toshkent davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirgan va 1969-yili fizika oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha bitirgan. Oʻqishni bitirgach 1969—1992-yillarda ushbu fakultetdagi nazariy fizika kafedrasi oʻqituvchisi, 1992—1998-yillarda fizika fakulteti dekani, 1998—2007-yillarda Qirgʻizistondagi „Qirgʻiz-oʻzbek“ universitetida kafedra mudiri, fakultet dekani va „Qirgʻiz-oʻzbek“ universitetining pedagogika institutin direktori vazifasida faoliyat koʻrsatgan[1]. 2007-yildan Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika va uni o'qitish metodikasi kafedrasi professori[2].
Ilmiy faoliyati
tahrir1985-yilda Chelyabinsk pedagogika institutida ruscha: „Приемственность в развитиистатистических идей при подготовке учителя физики в педагогическом институте“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va pedagogika fanlar nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1988-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. 1993-yilda ruscha: Методологические и дидактические основы формирования вероятностно-статистических идей и понятий (на примере обучения физики в высшей и средней школе“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1998-yilda professor unvonini olgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Jump up to: 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „DJORAYEV MAXMATRASULJON“.