Maxsar (Carthamnus) — murakkab-guldoshlarga mansub bir, ikki va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, moyli ekin. Aksariyati Oʻrta dengiz atroflari, Gʻarbiy va Oʻrta Osiyoda oʻsadigan 19 turi maʼlum. Dehqonchilikda C.tinctorius (boʻyokli M.) turi ekiladi. Vatani — Efiopiya va Afgoniston. Oʻrta Osiyoda qadimdan, Misr, Hindi-ston, Xitoyda miloddan avvalgi, Yevropada 18-asrdan yetishtiriladi. Yovvoyi hoddaoʻsishi kuzatilmagan. Hindiston, Turkiya, Eron, Xitoy, Yevropa mamlakatlari, AQSH va boshqa mamlakatlarda, shuningdek, Oʻrta Osiyoda faqat Oʻzbekistonda — Jizzax, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida (lalmi yerlarida) ekiladi. Bir yillik issiqsevar, qurgʻoqchilikka juda chidamli ekin. Boʻyi 60— 120 sm, poyasi silliq, barglari nashtarsimon, tikanli va tikansiz. Toʻpguli savatcha, sariq, jigarrang. Mevasi pista, urugi oqish. 1000 dona urugi vazni 25—50 g. Asosan chetdan changlanadi. Oʻsuv davri 95—135 kun. Tuproqtanlamaydi. Urugi 1—2° da una boshlaydi, maysalari —6, —7° sovuqqa bardosh beradi. Urugi tarkibida 47—61% gacha oziq-ovqatga ishlatiladigan moy bor. Moyi yuqori si-fatli margarin, texnikada oqsariq boʻyoq va emallar tayyorlashda ham ishlatiladi (1950-yillarga qadar M. gullaridan tabiiy boʻyoq olish uchun ekilgan). Kunjarasi chorva mollari uchun yaxshi ozuqa. M. almashlab ekishda kuzgi bugʻdoy va makkajoʻxoridan keyin ekiladi. Yer kuzda 25—30 sm chuqurlikda haydaladi. Urugʻi kech kuzda yoki erta bahorda qatorlab (qator orasi 30—45 sm) ekiladi. 1 ga maydonga 6–10 kg urugʻ sarflanadi. Oʻsuv davrida oʻtoq qilinadi, kultivatsiyalanadi (1—2-marta). 2-marta mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantiriladi. Urugʻi toʻla yetilganda don kombaynida oʻrib-yigʻib olinadi. Hosildorligi 8—14 s/ga va undan ortiq. Oʻzbekistonda 1950-yildan Milyutinskiy 114 navi ekiladi.

Zararkunandalari: maxsar ka-palagi, maxsar filchasi; kasalliklari fuzarioz, zang kasalligi.

Adabiyot

tahrir
  • Momot Ya G., Kultura saflora v Oʻzbekistane, T., 1956.

Halima Otaboyeva.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil