Mirqodir Maxsumov (1924.4.6 -Toshkent — 1987.21.10) — diktor. Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Toshkent teatr bilim yurtida (1938—40), Toshkent pedagogika institutida (1940—45, uzilishlar 6-n) taʼlim olgan. 1945— 87 yillar Oʻzbekiston radiosida diktor. M. xushovozligi, nutqining ravonligi, diksiyasining kuchliligi, til normalarini puxta bilishi bilan boshqa diktorlardan ajralib turgan. Uning kamyob tembrli ovozi, ifodali, maʼ-noli oʻqishi kuchli emotsional taʼsir kuchiga ega boʻlgan. Muhim siyosiy hujjatlar, targʻibiytashviqiy ahamiyatga ega matnlarni faqat M. oʻqigan. Ayniqsa, mumtoz sheʼriyat namunalarini radio va televideniye orqali katta mahorat, maʼnodor oʻqishi bilan shuxrat qozongan. Shuningdek, juda koʻp fil-mlarga ovoz berishda qatnashgan. M. "Muhabbat qoʻshigʻi" (1961), "Inson mehri" (1965), "Orzularing yoʻlida" (1973) kabi hikoyalar toʻplamlarining muallifi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil