Unli tovushlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Unli tovushlar''' - ogʻiz va bugʻiz bushligʻida hech qanday toʻsiqqa uchramay hosil boʻladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) [[Tovush (tilshunoslik)|tovushlar]]. Har bir til oʻziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi [[vokalizm]] ({{Lang-la|vocalis}} — unli tovush) deyiladi. Unli tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Mas, hozirgi [[Oʻzbek tili|oʻzbek adabiy tilida]] Unli tovushlar 6 ta bulsa, boshqa [[Turkiy tillar|turkiy tillarda]] 8 ta, 10 ta va undan ham ortiqdir. Bu miqdor [[Rus tili|rus tilida]] 5 tani, [[Fransuz tili|fransuz tilida]] esa 18 tani tashkil etadi.
 
Unli tovushlar bir necha jihatdan tasnif etiladi. Bu tasniflarning oʻzbek tilidagi 6 ta unli fonema (i, e, a, o, u, oʻ) misolida koʻrib chiqish mumkin. Unlilar dastlab tilning harakati va labning holati (ishtiroki) nuqtai nazaridan turlarga ajratiladi. Tilning harakatida 2 hodisa farqlanadi: tilning yotiq (yonlama) harakati; tilning tik (vertikal) harakati. Tilning yotiq (yonlama) harakatida hosil boʻlish oʻrniga koʻra unlilar 2 turga boʻlinadi: tiloldi (yoki old qator) unlilari — i, e, a hamda tilorqa (yoki orqa qator) unlilari — o, u, oʻ. Tilning tik harakatiga koʻra Unli tovushlar 3 turga boʻlinadi: yuqori koʻtarilish unlilari (i, u), oʻrta koʻtarilish unlilari (e, oʻ), quyi koʻtarilish unlilari (a, o).