Vikipediya:Koʻrib tahrirlagich

Koʻrib tahrirlagich (VisualEditor) – Vikipediya (va MediaWikidan foydalanuvchi boshqa saytlar) sahifalarni WYSIWYG tartibida tahrirlash uchun dasturiy taʼminot. U foydalanuvchilarga viki-belgi tuzilishini oʻrganmasdan turib tahrirlar qilish imkonini beradi.
Koʻrib tahrirlagich haqida Tahrirlash
Koʻrib tahrirlagich Vikipediyani tahrirlashning „vizual“ (koʻz bilan koʻriladigan) asbobi, yaʼni mohiyati jihatidan viki-belgilarni bilmasdan turib tahrirlar qilish imkonini beruvchi yangi tahrirlash tizimi hisoblanadi. U 2012-yil dekabr oyidan boshlab ingliz tilidagi Vikipediya boʻlimida moslama sifatida „alfa“-versiyada paydo boʻldi, 16 ta boshqa boʻlimlarga 2013-yil aprel oyidan va iyun oyining boshidan barcha boʻlimlarga qoʻshildi. Biz uni Vikipediyaning ingliz tilidagi boʻlimida 1-iyuldan boshlagan holda iyulning oxiriga qadar amalda barcha boʻlimlar uchun joriy etishni rejalashtirmoqdamiz.[1]
2013-yil 25-aprelda Wikimedia Foundation Vikipediyaning 15 ta til boʻlimida Koʻrib tahrirlagichning alfa-versiyasini ishga tushirdi: arabcha, xitoycha, gollandcha, inglizcha, fransuzcha, nemischa, italyancha, yaponcha, koreyscha, polyakcha, ruscha, ispancha va shvedcha til boʻlimlari. Shuningdek, sahifalar va sahifa boʻlimlarini tahrirlash uchun manba viki-matnni klassik tashrirlash imkoniyati ham mavjud boʻladi. 2013-yil 1-iyuldan 29-iyul oraligʻida Koʻrib tahrirlagich alfa-versiyadan beta-versiyaga oʻtdi va bundan keyin boshlangʻich holatga yoqib qoʻyiladi[2].
Hozirgi cheklovlari Tahrirlash
- sust yuklanish;
- ayrim foydalanuvchilarda brauzerlarning qotishi;
- tahrirlash oynasida alohida boʻlimni ochmoqchi boʻlinganda barcha maqola ochiladi;
- oʻzgarishlar gʻalati koʻrinishi mumkin;
- ayrim tuzilishlarni tahrirlash imkoni yoʻq (masalan, matematik formulalar);
- faqatgina ayrim brauzerlarda foydalaniladi (Firefox, Chrome, Yandex va Safari; kelgusida – Internet Explorer);
- faqat maqola nomfazosida va foydalanuvchilar sahifalarida tahrirlash imkoniyati;
- faqat „Vektor“ va „Monobuk“ mavzularida (skinlarida) ishlaydi.
Joriy qilish jadvali Tahrirlash
Sana | Joriy qilish bosqichi | Moʻljal boʻlimlar |
---|---|---|
1-iyuldan | Koʻrib tahrirlagich barcha roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun ochiladi | Inglizcha Vikipediya |
15-iyuldan | Koʻrib tahrirlagich barcha ishtirokchilar uchun ochiladi | |
24-iyuldan | Koʻrib tahrirlagichdan foydalanishga 2-faza boʻlimlaridagi barcha roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun ruxsat beriladi | Nemischa, ispancha, fransuzcha, ivritcha, italyancha, niderlandcha, polyakcha, ruscha va shvedcha Vikipediya boʻlimlari |
29-iyuldan | Koʻrib tahrirlagich 2-faza boʻlimlarining barcha ishtirokchilari uchun ochiladi | |
Avgustning ikkinchi yarmi | Koʻrib tahrirlagich 3-faza boʻlimlarining barcha roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilari uchun ochiladi | Yozuvlari bilan ishlanayotganlardan tashqari barcha Vikipediya boʻlimlari. |
Avgustning ikkinchi yarmi, bir haftadan keyin | Koʻrib tahrirlagich 3-faza boʻlimlarining barcha ishtirokchilari uchun ochiladi |
Kelgusi ishlovlar Tahrirlash
Hozirgi vaqtda bitta sahifani bir nechta foydalanuvchilar tomonidan tahrirlanishi toʻqnashuvlarga olib kelishi mumkin. Kelgusida hamkorlikda tahrirlash imkoniyatini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Koʻrib tahrirlagichni qanday qilib vaqtincha oʻchirib qoʻyish mumkin Tahrirlash
Tahrirlagichni nofaollashtirish uchun menyuning „Moslamalar“ – „Tahrirlash“ – „Beta-imkoniyatlar“ boʻlimiga oʻtish va „Koʻrib tahrirlagichni beta-versiyada turgan paytida vaqtinchalik oʻchirish“ bandini tanlash kerak.
Yana qarang Tahrirlash
Manbalar Tahrirlash
Havolalar Tahrirlash
- Boshqirdcha Vikipediyada yangi koʻrib tahrirlagich ishga tushdi 2013-yil 22-iyulda IA Bashinform xabar qildi.