Yalangtoʻsh Bahodir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 39:
 
== Harbiy xizmatlari ==
1611-yil ImomqulixonniImom xonni taxtga oʻtqazishdaotkazishda faol qatnashgan. Shundan soʻngso'ng YalangtoʻshYalangto'sh Bahodirning mavqei ortgan, u Samarqandni 1626-yildan amalda mustaqil idora eta boshlagan. Unga otaliq unvoni berilgan. Yalangtoʻsh Bahodirning oʻz qoʻshini boʻlib, atrofdagi tumanlarga bosqinchilik yurishlari natijasida juda katta moddiy mablagʻ toʻplagan. Yalangtoʻsh Bahodir Buxoro xonligining barcha harbiy amaliyotlarida faol ishtirok etgan. Chunonchi, 1623-yil va 1631-yil Eron.qoʻshinlari Balx viloyatiga kelganida"’ Balx hokimi Nadr Muhammadxonga Yalangtoʻsh Bahodir boshchiligida katta qoʻshin yordamga kelgan.
 
1640-yil Imomqulixon Moskvaga elchilar orqali noma yoʻllab, unda Rus davlatini qalmiqlargaqilmiqlarga qarshi qurashidayarasha jazo berish uchun Yalangtoʻsh Bahodir boshchiligida 12 amir va katta qoʻshin yuborishga tayyor ekanligini bildirgan. 1642-yil Imomqulixonning koʻzi koʻr boʻlib qolganda Yalangtoʻsh Bahodir va boshqalar amirlar Balxdan Nadr Muhammadni keltirib taxtga oʻtqazishgan. Nadr Muhammad Yalangtoʻsh Bahodirga Kobul atrofidagi DaraiSuf viloyati, Moʻlgʻon, Kahmerdni hamda tulkichi, sayqanchi, zirangi, kilachi, hazoranikudariy qabilalarini oʻtovlari bilan qoʻshib iqto tarzida inʼom etgan. 1645-yil Yalangtoʻsh Bahodir Buxoroda Nadr Muhammadxon bilan janjallashib qolib, xonga qarshi Xoʻjandda koʻtarilgan amirlar isyoniga boshchilik qilgan. Isyonchilar Buxorodan isyonni bostirish uchun yuborilgan Abdulaziz sultonni asir olib Buxoroga yurish qilishgan. Buxoroning gʻarbidagi Oqtepa mavzeida ular Abdulazizni xon deb eʼlon qilib, soʻngra poytaxtni qamal qilishgan. Nadr Muhammadxon 3 oylik qamaldan soʻng shaharni tark etishga majbur boʻlgan. U boburiylardan Shoh Jahondan yordam soʻragan. 1646-yil Shoh Jahon Balxga kenja oʻgʻli Murodbaxiash katta qoʻshin bilan joʻnatgan. Bu qoʻshin Balx viloyatini himoya qilish oʻrniga uni bosib olgan. Boburiylar Balhda 2 yildan oshiq hukmronlik qilishgan, biroq u yerda mustahkam oʻrnasha olishmagan. 1648-yil yozida Abdulazizxon 200 ming kishilik qoʻshin bilan Balxga yurish qilib, boburiylardan bu viloyatni qaytarib olgan, bu qoʻshin tarkibida Yalangtoʻsh Bahodir boshchiligidagi qoʻshin ham boʻlgan.
 
Yalangtoʻsh Bahodir qatʼiyligi va harbiy pragmatizmi bilan ajralib turardi va botir unvonini qoʻlga kiritdi.