Muhammad Shayboniy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Mirishkorlik (munozara | hissa)
Teg: Qaytarildi
Qator 36:
Tarixchi [[Kamoliddin Binoiy]]ning yozishicha, Shohbudog‘ sulton to‘ng‘ich o‘g‘liga Sulton Muhammad Shayboniy ismini qo‘ygan, taxallusi esa „Shohbaxt“ boʻlgan<ref>Материалы по истории казахских ханств XV—XVIII веков. (Извлечения из персидских и тюркских сочинений). Алма-Ата: Наука. 1969. С. 97</ref>.
 
 
Manbalarga ko‘ra, Shayboniyxonning nasabnomasi quyidagicha: Chingizxon oʻgʻli Joʻchixon, Joʻchixon oʻgʻli Shaybon, Shaybon oʻgʻli Baniyol Bahodur, Baniyol Bahodur oʻgʻli Yis Buka, Yis Buka oʻgʻli Jochi Bukaxon, Jochi Bukaxon oʻgʻli Shohibekxon, Shohibekxon oʻgʻli Abduloʻg‘lon, Abduloʻg‘lon oʻgʻli Mingtemurxon, Mingtemurxon oʻgʻli Fuladxon, Fuladxon oʻgʻli Ibrohimo‘g‘lon, Ibrohimo‘g‘lon oʻgʻli Davlatshayx o‘g‘lon, Davlatshayxo‘g‘lon oʻgʻli Abulxayrxon, Abulxayrxon oʻgʻli Shohbudogʻxon, Shohbudogʻxon oʻgʻli Abulfath Muhammad Shayboniyxon boʻlgan<ref name=autogenerated8 />.
 
Qizig‘i shundaki, „[[Tavorixi guzida|Tavorixi Guzidayi Nusratnoma]]“ da Shayboniyxon Mingtemur bobosining xotini Ismoil Somoniy avlodidan bo‘lgan Jandibekning qizi ekanligi qayd etilgan<ref>Материалы по истории казахских ханств XV—XVIII веков. (Извлечения из персидских и тюркских сочинений). Алма-Ата, 1969. С. 35</ref>.
 
Shayboniyxonning otasi Shohbudog‘xon o‘qimishli odam bo‘lib, uning buyrug‘i bilan [[fors tili]]dagi asarlarni turkiy tilga tarjima qildirgan<ref>История Казахстана в персидских источниках. Т.5. Алматы: Дайк-Пресс, 2007. С. 376</ref>.
 
==Hokimyatga kelishi==
Muhammad Shayboniy [[Oʻzbek xonligi]] hukmdori [[Abulxayrxon]]ning nabirasi, Shohbudogʻ sultonning oʻgʻli. Abulxayrxon unga ''Shohbaxt'' deb laqab qoʻygan. Otasining erta vafotidan soʻng, bobosining qaramogʻida qolgan. Ukasi [[Sulton Muhammad]] bilan birga Boyshayx otaligʻida voyaga yetgan. Muhammad Shayboniy 1480-yillarda Abulxayrxon vafotidan soʻng [[Dashti Qipchoq]]ning asosiy hududida oʻz hukmronligini oʻrnatmoqchi boʻlgan. U 1490-yillardan oʻzaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan [[Temuriylar]] hududi boʻlgan Movarounnahrda ham oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun harakat boshlagan. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida hokimiyat boshqaruvi uning qoʻliga oʻtgan. Muhammad Shayboniy [[Turkiston]]ning [[Sigʻnoq]], [[Sabron]], [[Yassi]] shaharlarini ham oʻz qoʻl ostiga kiritgan. 1504-yil [[Hisor]], [[Qunduz]], [[Badaxshon]], [[Balx]], 1505-yilda [[Xorazm]], 1507-yilda [[Hirot]] ham Muhammad Shayboniy qoʻl ostiga oʻtgan. Keyinroq Eronning [[Mashhad]] va [[Tus]] shaharlarini ham egallagan.