Jaloliddin Manguberdi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 95.214.211.249 tahrirlari Muzaffar Murodovich versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 111:
[[Fayl:Jaloliddin_Manguberdi_haykali_001.jpg|thumb|left|260px|[[Urganch]] markazidagi Jaloliddin Manguberdi haykali.]]
 
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu noʻyonni 45 minglik qoʻshin bilan joʻnatadi. Gʻazni yaqinidagi [[Parvon jangi]]<nowiki/>da Jaloliddin Manguberdi moʻgʻullar ustidan gʻalaba qozonadi, biroq jangdan soʻng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari oʻlja ustida oʻzaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin IgʻroqAgʻroq, Aʼzam malik va Muzaffar maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Bu tark etishni sababi turlicha boʻlgan. Masalan, Turkmanlar yoʻlboshchisi boʻlgan Sayfuddin Igʻroq bilan bir arabiy ot ustida talashib qolishadi. (Oʻljalar orasida eng noyob ulush ot hisoblagan. Otlar zotiga va chiroyiga qarab bir necha ming tilloga baholangan.) Tortishuv paytida qizishib ketgan Amin Malik Sayfuddin Igʻroqni boshiga qamchi bilan uradi. Jaloliddin esa Amin Malikni bu ishi uchun jazolamaydi (Amin Malik Jaloliddinning qaynotasi edi, balki Amin Malikni jazolamaganiga sabab shu ham ham boʻlishi ehtimol.) Bu nomusga chiday olmagan va qattiq ranjigan Aʼzam Malik Muzaffar Malikni olib, Jaloliddin qoʻshinni tark etadi. Buning natijasida xoramzshoh qoʻshini yarmiga qisqaradi. Jaloliddin Manguberdining yonida faqat Amin Malik oʻz lashkari bilan qolgan, xolos.
 
=== Sind daryosi boʻyidagi jang ===