Inert gazlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xatolar, ichki havolalar
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Inert gazlar 9-guruhda emas balki 8-guruhda joylashgan, ahir davriy jadvalda 9 ta guruh mavjud emas-ku.
Qator 1:
'''Inert gazlar''' ([[lotincha]]: iners — faoliyatsiz), asl gazlar, nodir gazlar — [[Kimyoviy elementlar davriy sistemasi|Mendeleyev davriy sistemasining]] 98-guruhiga mansub kimyoviy elementlar: [[Geliy|geliy He]] (tartib raqami 2), [[neon]] Ne (10), [[argon]] Ag (18), [[kripton]] Kg (36), [[ksenon]] Xe (54) va [[radon]] Rn (86). Bulardan faqat radon [[Radioaktiv elementlar|radioaktiv element]], barqaror izotopi yoʻq. I. g . atomlarining tashqi elektron qavati (geliyda 2 ta, qolgan I. g . da 8 ta elektron bor) mustahkamligidan ular kimyoviy jihatdan nihoyatda sust (I. g . nomi shundan olingan). 1868-yilda fransuz J. Jansen va ingliz N. Lokyer quyosh spektridan birinchi inert gaz — geliyni topishgan. 1892—1908-yilda boshqa I. g . kashf qilindi. I. g . ning molekulalari bir atomli. Barcha I. g . rangsiz va xidsiz boʻladi. I. g . havoda (1 m3 havoda 9,4 l), suvda, baʼzi mineral va togʻ jinslarida bor. Geliy yer osti gazlari va mineral manbalar gazlari tarkibida uchraydi. Radon [[Uran (kimyoviy unsur)|uran]] va [[Radiy|radiyning]] radioaktiv preparatlaridan, boshqa I. g . esa havodan ajratib olinadi. Tashki elektron qavati toʻla (8 ta elektron) boʻlgani uchun I. g . ni qattiq yoki suyuk holatda olish juda qiyin. Uzoq vaqtgacha I. g . ning birikmalarini olish mumkin boʻlmadi. 1962-yilda [[Kanadaliklar|kanadalik]] olim N. Barlett Xe bilan PtF3 birikmasini qoʻshib, I. g . kimyoviy reaksiyalarga mutlaqo kirishmaydi, degan fikrlarga chek qoʻydi. Hozirgi vaqtda I. g . ning juda koʻp kimyoviy birikmalari olingan. Birikmalardagi I. g . ning oksidlanish darajalari +1, +2, +4, +6 va +8 ga teng . I. g .ftor, ftorli birikmalar bilan birika oladi. Ularning [[Oksidlar (birikma)|oksidlari]] (XeO3, XeO4), oksigalogenidlari olingan. Geliydan tashqari barcha I. g . suv va fenol bilan birikmalar hosil kila oladi. Radio va elektronika sanoatida, shuningdek, lyuminessent va axborot lampalarini, havo sharlarini toʻldirishda ishlatiladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==