Alisher Navoiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Ortiqcha belgi olib tashlandi
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k Wikipediada mavjud sahifalar havolalari bilan mospashtirib chiqildi
Teglar: Qaytarildi Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 50:
Alisher tong otib, quyosh qiziganda uygʻonadi. Qarasa, poyonsiz sahro, atrofida hech kim yoʻq. Yolgʻiz otigina yovshan ildizlarini chimtib turibdi. Oʻn yoshli bola oʻzini qoʻlga oladi. Otini minib, zehn bilan yoʻlni topib ilgari yuradi. Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt uzoqdan bir narsa qorayib koʻrinadi. U suv toʻla mesh ekan, Ollohga shukuronalar aytib, Alisher yoʻlini davom ettiradi. Uning ota-onasi manzilga yetgach, oʻgʻilllarini yoʻqligini biladilar va mulozimni shoshilinch orqaga qaytaradilar. Mulozim koʻp yurmay, Alisherga duch keladi. Alisherni, goʻyo u qayta tugʻilganday, quvonch bilan kutib oladilar.
 
''1452-yilda'' [[Abulqosim Bobur]] Mirzo [[Xuroson]] taxtiga oʻtiradi, notinchliklar bosiladi. Gʻiyosiddin Muhammad [[Sabzavor (Vaxsh tumani)|Sabzavorga]] hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa oʻqishini davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni sheʼriyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Boʻlajak shoir [[Saʼdiy SheroziyningSheroziy]]<nowiki/>ning „Guliston“„<nowiki/>[[Guliston (asar)|Guliston]]<nowiki/>“. „Boʻston“, asarlarini, [[Farididdin AttorningAttor]]<nowiki/>ning „<nowiki/>[[Mantiq ut-tayr „Mantiq(asar)|Mantiq ut-tayr“tayr]]<nowiki/>“(„Qush mantigʻi“)ni soʻngsiz ishtiyoq bilan oʻqidi. Ayniqsa, qushlar tilidan keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur mazmuni Alisherning oʻy-xayolini tamom egallab oldi:
 
Bir kuni qushlar jam boʻlibdi. Har xil: toʻti, qumri, tovus, bulbul va hokazo. Oʻrtaga hudhud ([[Sassiq popishaklar|sassiqpopishak]]) chiqibdi. Boshidagi tojini selkillatib, oʻzini taʼrifu tavsif etibdi. Soʻng u hammani olam podshosi Semrugʻni izlashga undabdi. Qushlar uni surishtira boshlabdilar. „Zotini, sifatini, sifatini ayt, bizga nishon ber!“ — deyishibdi ular. Hudhud hikoya boshlabdi: Semurgʻ bir kecha dunyoni aylanib, uchib yurar edi. Nogoh yoʻli Chin shahri ustidan tushdi. Bir silkingan edi, mamlakat nurga gʻaeq boʻldi. Patidan biri tushib qolgan ekan. Ogoh boʻlganlar aqlu shuurini yoʻqotdilar. Chin mulki esa hashamat(ulugʻvorlikka) chulgʻandi.
 
Qushlar zavq-u shavq bilan yoʻlga tushadilar. Biroq bu zavq-shavq uzoq davom etmaydi. Qushlar eʼtiroz bildirib, uzr aytib, oʻzlarini chetga ola boshlaydi. Hudhud har biriga javob aytadi. Semrugʻga yetishish baxti oldida bu dunyoning tashvishlari hechligini isbot etuvchi biror hikoya keltiradi. Hudhudning gaplari, hikoyalari qushlarga yangi bir kuch bagʻishlaydi. Ular hudhudni boshliq qilib, yoʻlga tushadilar. Hudhud buy oʻlning ishq yoʻli ekanligi, unga kirgan odam ''Shayx Sanʼon'' singari oʻzligidan kechishi lozimligini aytadi. Yana bir-biridan jozibali hikoyalar: Nihoyat, qushlar yeti vodiyni bosib oʻtadilar va oʻzlarining Semurgʻ ekanligini anglab yetadilar.
 
„Mantiq ut-tayr“ xayoli Alisherga bir umr hamroh boʻldi. Umrining soʻngida esa „Lison„<nowiki/>[[Lison ut-tayr“tayr]]<nowiki/>“(„Qush tili“) nomi bilan kitob yozdi. Boʻlajak shoir yana [[Nizomiy Ganjaviy]] va [[Xusrav Dehlaviy]] asarlarini sevib oʻqir edi.
 
''1453-yilda'' Alisherning otasi Gʻiyosiddin Mauhammad vafot etadi. Alisher [[Abulqosim Bobur]] hizmatiga kirdi. Avval [[Sabzavor (Vaxsh tumani)|Sabzavorda]]da, soʻng [[Mashhad]]da yashadi. Ikki maktabdosh doʻst — Husayn va Alisher yana birga boʻldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra sheʼr yod olganini aytdi. Sheʼr shunchaki nutq oʻstirish emas, maʼrifat, taffakur mashqi ham edi. Navoiy 15 yoshlarida oʻz sheʼrlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tordi. Xondamirning yozishicha, sheʼrlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher oʻz davrining dongdor shoiri Mavlono [[Lutfiy]] xizmatiga boradi. Mavlono undan sheʼr oʻqishni iltimos qiladi. Alisher oʻzining:
 
Orazin yopgʻoch, koʻzimdin sochilur har lahza yosh,
Qator 67:
 
=== Yigitlik yillari ===
''1457-yilda'' [[Abulqosim Bobur]] vafot etdi. Hokimyat tepasiga [[Abu Said (Temuriy)|Abusaid]] Mirzo]] keldi. [[Husayn Boyqaro]] taxt uchun kurashga shoʻngʻib ketdi.
 
Navoiy esa [[Mashhad]] madrasalarida oʻqishni davom ettirdi. Doʻstlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda uchratdi. Turbatlik bu shoir Alisher bilan bir bayt muhokamasi ustida tanishib qoldi. Shoir ''1464-yilda'' Hirotga qaytadi. Biroq poytaxtda uni noxushliklar kutadi. [[Abusaid Mirzo ]]u bilan taxt talashayotgan Husayn Bayqaroni yaqin kishilarini taʼqib va tayziq ostiga olgan, jumladan, togʻalari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali Gʻaribiylarni oldinma-keyin qatl ettirgan edi. Ular isteʼdodli shoirlar edi. Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashab turgani boshpana ham qolmagandi. U shaharda uzoq qola olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq urgan payti edi. Abdurahmon Jomiyadek zamonasining alloma adibi bilan yaqindan tanishib, saboqlar olgani, mehr qozongan edi. Navoiy — „Mahmud Nuran“ deb eʼzozlagan bu mashhur shoir va olim oʻzini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Saʼdiddin Koshgʻariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shayx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy qilib, oʻsha yerda yashar edi.
 
Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan sheʼriy maktubi bor. U „Masnaviy“ nomi bilan „Xazoyin„<nowiki/>[[Xazoyin ul-maoniy“ningmaoniy]]<nowiki/>“ning birinchi devoniga kiritilgan. Mutaxasisslar uni Navoiyning Hirotdan Samarqandga joʻnash oldidan yozgan maktubi deb hisoblaydilar. Chamasi, shoir safar oldida Ardasher bilan xayrlashmoqchi boʻlgan, lekin uni topmagan. Soʻng ushbu maktubni yozib qoldirgan. Maktub Alisherning safar oldidagi kechinmalari va oʻz otasidek yaqin koʻrgan Sayyid Hasan Ardasherning sifatlarini taʼrif etish bilan boshlanadi. Vatan va doʻstlarni tashlab ketish ogʻir. Xayrlashmay ketish undan ham ogʻir. U ulugʻ doʻstiga ketishi sabablarini tushuntirmoqchi. Xat shu munosabat bilan yozilgan. Inson soʻz bilan ulugʻdir, „falak jismining joni“ — soʻz, ayqisa „nazm“ (sheʼr), deydi shoir. Va oʻzida sheʼr yozishga juda katta kuch-qudrat sezayotganini aytadi. Shunday qudratki, agar Firdavsiy oʻz „Shohnoma“sini 30 yilda yozgan boʻlsa, u oʻshanday asarni 30 oyda yoza oladi. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab maydonga keltirgan „Xamsa“si uning oldida 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon kerak. Yurt esa notinch, odamlarda vafo yoʻq. Insoniylik qolmagan zulm avjida. Hatto tasali beruvchi kishi ham yoʻq. Ketaman, desang etagindan tutadigan umr yoʻldoshing, ketsang, ayriliqdan eziladigan doʻsting boʻlmasa.
 
Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida [[Samarqand]]da yashadi. Uning bu shaharga kelishi sababini turlicha talqin qiladilar. [[Xondamir]], oʻqish uchun keldi, deydi. Toʻgʻri u Samarqandda din huquqshunosi va faylasuf Fazulloh Abullays qoʻlida oʻqidi. [[Bobur|Zahiriddin Bobur]] uni Abusaid surgun qildi deydi. Bunda ham asos bor. Abusaidning Alisherga munosabati yomon edi. Shoir Samarqandda dastlab moddiy qiyinchilik ichida yashaydi. Keyinroq unga shahar hokimi Ahmad Hojibek ragʻbat va hoiylik koʻrsatadi. Nihoyat, Samarqand oʻz goʻzalligi bilan ham Navoiyni maftun etadi. Shoi uni „firdavsmonand“(jannatmisol) deb ataydi va unga hech qachon „gardi fano“ oʻltirmasligini — zavolikka yuz tutmasligini istaydi. Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. ''1465-1466-yillarda'' uning muxlislari sheʼrlarini toʻplab, „devon“ tuzadilar. Bu kitob bugun „Ilk devon“ nomi bilan mashhurdir. ''1468-yil oxirida'' Eronni eggalash uchun boʻlgan jangda Abusaid halok boʻladi. Husayn Bayqaro ''1469-yilning boshida'' Hiroti qoʻlga oladi va Samarqandga xat yoʻllab, Navoiyni oʻz yoniga chaqiradi. Husayn Bayqaro uni davlat ishlariga jalb etadi. Muhrdor qilib tayinlaydi.
 
=== Davlat va jamoat arbobi ===