Arablarning O‘rta Osiyo istilosi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot: Tuz.
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 7:
[[Arablar]] [[642]]-yilgi [[Nehavend jangi|Nahavand jangida]] gʻalabaga erishishi tufayli [[Seyiston]] va [[Xuroson (tarixiy viloyat)|Xuroson]] egallanib, [[Sosoniylar davlati|Sosoniylar]] saltanati toʻliq zabt etiladi. Ushbu jangdan qariyb 10 yil oʻtib, arablar Oʻrta Osiyoga yetib kelishdi. Xurosonning markazi [[Marv]] shahri [[651]]-yilda Basra hokimi Abdulloh ibn Amir tomonidan egallanadi va natijada xalifalik chegaralari [[Amudaryo]] daryosigacha choʻziladi<ref name="Litvinsky453-456">{{harvnb|Litvinsky|1996|p=453-456}}</ref><ref name="Kennedy Hugh">{{harvnb|Kennedy|2007|p=225}}</ref>. Amudaryo daryosi shimolida joylashgan hududlar arablar tomonidan „[[Movarounnahr|Movaro un-nahr“]] („daryoning narigi tomoni“)<ref name="KennedyHugh">{{harvnb|Kennedy|2007|p=228}}</ref> deb atalgan. Hudud arablar oldin bosib olgan yerlardan farq qilardi, [[Movarounnahr]] (Xurosondan sharqda Amudaryodan janubda Hindukush togʻlarigacha boʻlgan Tohariston yerlarini hamda Amudaryodan shimoldada joylashgan Shimoliy Tohariston va Sugʻd yerlarini oʻz ichiga olgan) unumdor yerlarga ega boʻlgan vodiylari va vohalari, ularning xilma-xil landshaftlari bilan ajralib turar edi, bu joylarda oʻtroq va koʻchmanchi hayot tarzida turli xalqlar yashagan. [[Movarounnahr]]da ma'muriy boshqaruv Forsning markazlashgan boshqaruvi kabi boʻlmagan boʻlib, oʻlka ko'plab kichik mustaqil mahalliy hokimliklarga bo'lingan edi<ref name="KennedyHugh1">{{harvnb|Kennedy|2007|p=225, 228}}</ref>.
 
Movarounnahr geografik, siyosiy va ijtimoiy jihatdan 4 ta hududga boʻlingan: Toxariston ([[Baqtriya]]) [[Amudaryo]]ning yuqori oqimida, shimolda [[Hisor tizmasi|Hisor togʻlari]], sharq va janubda Hindukush togʻlari bilan oʻralgan; Soʻgʻd yoki [[Soʻgʻd|Soʻgʻdiyona]], oʻrta [[Amudaryo]]ning sharqida va [[Zarafshon (daryo)|Zarafshon]] daryosi atrofida; Xorazm yoki Xorasmiya, [[Amudaryo]]ning quyi oqimidan to [[Orol dengizi|Orol dengiziga]] qadar; shimolda Hisor togʻlaridan to [[Sirdaryo (daryo)|Sirdaryo]] daryosi boʻyigacha, jumladan, [[Yettisuv]] va [[Fargʻona vodiysi]]ni oʻz ichiga olgan hududga<ref name="KennedyHugh2">{{harvnb|Kennedy|2007|p=228-232}}</ref>. Hozirgi kundagidek aholi ikki tilda muloqot qiladigan guruhga mansub edi: VII asrda oʻtroqlashishga moyil boʻlgan eron tillarida soʻzlashuvchi xalqlar va oʻsha davrda asosan koʻchmanchi boʻlgan [[Turkiy xalqlar|turkiy]] xalqlar<ref name="KennedyHugh">{{harvnb|Kennedy|2007|p=228}}</ref>. Movarounnahr tarixida [[Markaziy Osiyo]]dan koʻchmanchi xalqlarning bosqinlari tez-tez sodir boʻlgan. Miloddan avvalgi II 2-asrda yuechjilar (toxarlar) [[Yunon-Baqtriya podsholigi|Yunon-Baqtriya]] podsholigini tor-mor etib, [[Kushon podsholigi|Kushon podsholigini]] tuzdilar, ularning hukmronligida [[Buddizm|buddaviylik]] bu hududga kirib keldi. V 5-asr boshlarida [[Kushon podsholigi|kushonlar]] oʻrniga [[eftaliylar]] bilan hokimiyat tepasiga kelishadi, ularning hukmronligi VI asr oʻrtalarigacha, ya'ni [[Turk xoqonligi]] vujudga kelganga qadar davom etgan. Xoqonlik ikki qismga boʻlingandan soʻng [[Gʻarbiy turk xoqonligi]] [[Movarounnahr]]ning turli mahalliy hokimliklari ustidan hukmronligini saqlab qolgan, baʼzan hatto [[Balx|Balxgacha]] bosqinchilik yurishlarini ham olib borishgan<ref name="Gibb, H. A. R">{{harvnb|Gibb|1923|p=1-4}}</ref>.
 
Xitoylik buddaviy rohib [[Syuan Szan]] [[630]]-yilda [[Toxariston]]ga kelganida Gʻarbiy turk [[Xoqon|xoqonining]] toʻngʻich oʻgʻli, [[Kunduz (shahar)|Qund]][[Kunduz (shahar)|uz]] shahri hokimining boshqaruvi ostida 27 ta dan kam bo'lmagan mahalliy hokimliklar haqida ma'lumot berib oʻtadi. [[650]]-yillarda [[Gʻarbiy turk xoqonligi|Gʻarbiy turk xoqonlig]]i qulagandan soʻng [[Kunduz (shahar)|Qunduz]] shahri hokimi xoqonlikka daʼvo qilib, mustaqil hukmdorga aylanadi. Xoqonlar [[Toxariston]]ning boshqa hokimliklari ustidan rasman hukmronlikni saqlab qolishgan boʻlsada, biroq kelib chiqishi turkiy boʻlgan koʻpchilik mahalliy hokimlar amalda mustaqil edi<ref name="Gibb>{{harvnb|Gibb|1923|p=8}}</ref>. [[Amudaryo]]dan shimolda, Yuqori [[Toxariston]]da eng muhim hokimliklar [[Badaxshon]], [[Xuttalon]], [[Qubodiyon]] va [[Chagʻoniyon]] edi. Amudaryoning janubida, Quyi Toxaristonda, markaziy shahar hisoblangan qadimiy [[Balx]] shahri joylashgan bo'lib, u Toxaristonning eng muhim aholi manzilgohi va uning diniy markazi hisoblangan, bundan tashqari, Balx shahrida joylashgan Navbahor buddaviylik stupasi juda mashhur boʻlib, koʻplab ziyoratchilarni oʻziga jalb qilgan. Yana [[Joʻzjon (viloyat)|Joʻzjon]], [[Bodgʻis]], [[Hirot]] va [[Bomiyon]] ham muhim hokimliklar edi<ref name="Gibb1>{{harvnb|Gibb|1923|p=8–9}}</ref><ref name="Kenndey>{{harvnb|Kennedy|2007|p=229}}</ref>.