Vikipediya:Bot
Vikipediyada Bot („robot“ soʻzining qisqartmasi) — qoʻlda bajarilishi koʻp vaqt talab qiladigan, bir xil tipli boʻlgan amallarni bajarish uchun maxsus dastur.
Oʻzbek tilidagi boʻlimda botlarning ishlashiga ruxsat etilgan, lekin bot egalari oʻz imkoniyatlariga masʼuliyatli yondoshishlari kerak. Har bir bot alohida hisob yozuviga va oʻz egasining sahifasiga havolaga ega boʻlishi kerak, shuningdek bot nomi „EgasiNomiBot“ formatida boʻlishi maqsadga muvofiq. Shuningdek foydalanuvchi-botning sahifasida toʻldirilgan {{bot}} andozasi boʻlishi maqsadga muvofiq.
Botlar oʻz tahrirlari bilan yangi oʻzgarishlar sahifasini toʻldirib yubormasligi uchun ularni roʻyxatdan oʻtkazish kerak. Botni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Vikipediya:Bot statusiga soʻrovlar sahifasida soʻrov qoldiring.
Shuningdek qarangTahrirlash
- „Meta“da botlar haqida
- Vikipediya:AutoWikiBrowser — Windows OS ostida ishlaydigan yarim avtomat tartibida Vikipediyani tezkor tahrirlash uchun asbob.
- Manba kodlari
- Vikipediya:Botlarni qoʻllash qoidalari
- Vikipediya:Botopediya
Interfeyslar va botlarTahrirlash
PythonTahrirlash
- Pywikipedia — Python tilidagi Vikipediya va Vikilugʻat (shuningdek MediaWiki loyihasining ixtiyoriy vikisi) uchun yaratilgan interfeys va botlar. Vikipediyadagi botlar uchun standart de-faktodir. Koʻpchilik funksiyalarni (turkumlash, andozalash, interviki, qidiruv, almastirish va sh.k.) bajarish uchun tayyor skriptlar toʻplamini taqdim etadi.
PerlTahrirlash
- MediaWiki::Bot(ingl.) — Perlda botlar uchun freymvork.
- WWW::Wikipedia(ingl.) — Perl tilida Vikipediya uchun interfeys.
- WWW::Mediawiki::Client(ingl.) — Perl tilida Vikipediya uchun interfeys va buyruq satri moduli.
.NETTahrirlash
- DotNetWikiBot Framework(ingl.) — .NET Frameworkka asoslangan botlar uchun freymvork (C#da qilingan, .NETʼning ixtiyoriy tili foydalanishi mumkin).
- WikiAccess(ingl.) — C#da botlar yaratish uchun biblioteka.
- Claymore’s SharpMediaWiki — C#da yana bitta MediaWiki API interfeysi.
JavaTahrirlash
- WikiLink, Mathematica package(ingl.) — Java tilida tizimga kirish, sahifalarni oʻqish va oʻzgartirish imkoniyatiga ega MediaWiki uchun unchalik katta boʻlmagan modul.
- Java Wiki Bot Framework(ingl.) — Vikipediya bilan ishlash uchun Java-freymvork.
- Wiki.java — bitta fayldan tashkil topgan, lekin barcha zaruriy funksiyalarga ega ixcham Wiki-freymvork.