Andoza:Tanlangan maqola: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k +
+
Teg: Qaytarildi
Qator 13:
|izoh = [[Iğdır genotsidi yodgorligi va muzeyi]] armanlar turklarga qarshi emas, balki turklar armanlarga qarshi genotsid qilgan degan fikrni ilgari suradi
}}
'''[[Arman genotsidini inkor etish]]''' [[Usmonli imperiyasi]] va uning hukmron partiyasi [[Ittifoq va taraqqiyot qoʻmitasi]] (IJP) [[Birinchi jahon urushi]] davrida [[Arman genotsidi|arman fuqarolariga qarshi genotsid]] qilmaganligi haqidagi daʼvodir. Shunday boʻlsa-da, ushbu jinoyat juda koʻp dalillar toʻplamida hujjatlashtirilgan va olimlarning katta qismi tomonidan tasdiqlangan. Genotsidni amalga oshirgan jinoyatchilar [[Usmonlilar imperiyasidagi armanlar]] qirib tashlangan emas, balki harbiy sabablarga koʻra koʻchirilganini iddao qilib, buni [[Genotsidni inkor etish|rad etdi]]. Genotsiddan keyin ayblovchi hujjatlar muntazam ravishda yoʻq qilinib keladi va 2023-yil holatiga koʻra inkor qilish [[Turkiya|Turkiya Respublikasi]] har bir hukumatining siyosati boʻlib kelmoqda. Inkor etish siyosati 1991-yilda Ozarbayjon Respublikasi tomonidan ham qabul qilingan. Partiya oʻz harakatlarini oqlash uchun foydalanadigan [[Genotsidni oqlash|dalillar]] hamda arman genotsidini inkor etish armanlarning „koʻchirilishi“ urush davrida imperiyaning mavjudligiga tahdid soladigan haqiqiy yoki taxminiy arman qoʻzgʻoloniga javoban qonuniy davlat harakati boʻlgan degan taxminga asoslanadi. Inkor etuvchilarning taʼkidlashicha, partiya armanlarni qirib yuborish emas, balki koʻchirishni maqsad qilgan. Ular oʻlganlar soni boʻrttirilgan deb taʼkidlashadi. Shuningdek, oʻlimlar sonini [[fuqarolar urushi]], kasallik, yomon ob-havo sharoitlari, qallob mahalliy amaldorlar yoki [[kurdlar]] va qonunbuzar guruhlar kabi boshqa omillar bilan bogʻlaydilar. Tarixchi [[Ronald Grigor Suny]] asosiy argumentni „hech qanday genotsid boʻlmagan va bunga armanlar aybdor“ degan umumiy qarash ostida umumlashtiradi. Rad etish odatda „armanlar xiyonati, bosqinchilik, jinoyatchilik va hududiy ambitsiyalar ritorikasi“ bilan birga taʼkidlanadi {{TOʻLIQMAQOLA|Arman genotsidini inkor etish}}
 
{{flatlist|style=text-align:right;font-weight:bold;font-size:x-small;|1=