Arablarning O‘rta Osiyo istilosi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Humoyun Qodirov (munozara | hissa)
95.214.211.103 (munozara) tomonidan qilingan 3931218-sonli tahrir qaytarildi
Teg: Bekor qilindi
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 19:
 
== Istiloning boshlanishi ==
Arab manbalarida Movarounnahrni arablar istilo qilishi 650-yillarda boshlagan, degan taassurot uygʻotsa-da, aslida dastlabki harbiy harakatlar faqat oʻlja olish va oʻlpon undirishga qaratilgan edi. Dastlab arablar [[Marv|Marvdagi]] kichik harbiy boʻlinma bilan cheklanishgan, [[Iroq]]dagihwvwvdi voliylar har yili Movarounnahrdagi mahalliy hokimliklarni talon-taroj qilish uchun qoʻshin joʻnatib turishgan<ref name="Kennedy9">{{harvnb|Kennedy|2007|p=236-237}}</ref>. [[652]]-yilda Axnaf ibn Qays boshchiligidagi birinchi harbiy ekspeditsiyasi Quyi Toxaristonning birlashgan qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchrab, [[Marvirud|Marvirudga]] qaytib ketishadi. Ammo al-Aqra ibn Habis boshchiligidagi ikkinchi harbiy ekspeditsiya [[Joʻzjon (viloyat)|Joʻzjon]] hokimini magʻlub etib, [[Joʻzjon (viloyat)|Joʻzjon]], [[Foryob (viloyat)|Foryob]], [[Taliqon]] va [[Balx|Balxni]] egallashga muvaffaq boʻladi. Arab qoʻshinlari [[Xorazm|Xorazmgacha]] boʻlgan hududlarni talon-taroj qiladilar. [[654|654-]]yilda Soʻgʻdiyonaning [[Maymurgʻ]] shahri arablar bosqiniga uchradi<ref name="Gibb15">{{harvnb|Gibb|1923|p=15}}</ref>. Biroq oradan koʻp oʻtmay, Karin (ehtimol, [[Karin-pahlaviylar]] sulolasi vakili) boshchiligidagi mahalliy aholi qoʻzgʻolon koʻtaradi. Natijada arablar [[Buyuk Xuroson|Xuroson]] (hozirgi Afgʻonistonning shimoli, Eonning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistonning Amudaryogacha boʻlgan yerlari)ni tark etishadi. Xitoy manbalariga koʻra, Toxariston hokimlari [[Yazdigard III]] ning oʻgʻli Peroʻzni bir muddat rasman Fors shohi etib taxtga oʻtqazadilar. Bunga qarshi arablar hech qanday harakatni amalga oshira olmaydilar, chunki ular [[Birinchi fitna]] (656-661) bilan mashgʻul boʻlib qolishgandi. Lekin 655-658-yillarda ham talonchilik yurishlari davom etavergan<ref name="Gibb1516">{{harvnb|Gibb|1923|p=15-16}}</ref>.
 
Fuqarolar urushi tugagach, Xuroson ustidan xalifalikning hukmronlik nazoratini tiklash vazifasi Abdulloh ibn Amirga yuklatildi. Ibn Amirning bu hududga ilk marotaba harbiy yurishi bilan keyingi yillarda sodir boʻlgan voqealar orasida tarixiy chalkashliklar mavjud, ammo mahalliy yozma manbalar koʻra, bu yillarda aholi arablarga qarshi isyonlar koʻtarishgan. Shuningdek, ibn Amirning oʻrinbosari Qays ibn al-Xattam tomonidan Navbahordagi buddaviylik stupasi (me'moriy inshoot) buzib tashlanadi<ref name="Gibb16">{{harvnb|Gibb|1923|p=16}}</ref>. Faqatgina [[Ziyod ibn Abu Sufyon]] Iroq va xalifalikning sharqiy qismiga voliy etib tayinlangach, arablar Xurosonni egallash uchun toʻlaqonli yurishlarni boshlaydilar. Ziyod ibn Abu Sufyonning Xurosondagi noibi al-Hakam ibn Amr al-Gʻafriy [[667]]-yildan [[670|670-yil]]gacha, ya'ni vafotiga qadar Toxaristonga bir qator yurishlar uyushtiradi, bu yurishlar davomida arab qoʻshinlari Amudaryodan oʻtib, [[Chagʻoniyon|Chagʻoniyonga]] kirib boradilar. Peroʻz taxtdan agʻdarilib, [[Xitoy|Xitoyga]] qochib ketadi. Al-Hakamning oʻlimidan keyin hududda keng koʻlamli qoʻzgʻolonlar avj olib ketadi, ammo uning vorisi Rabi ibn Ziyod al-Horisiy Balxni egallab, Amudaryoni kechib oʻtib, [[Koʻhiston (Eron)|Chagʻoniyonga]] bostirib kirishdan avval [[Koʻhiston]]dagi isyonchilarni magʻlub qiladi. Arab manbalarida shu yillarning oʻzida Xorazmning bosib olinishi, arablarning gʻarb tomonda joylashgan Zam va Amulni muhofaza qilganliklari qayd etilgan<ref name="Gibb1617">{{harvnb|Gibb|1923|p=116-17}}</ref>. Kelajakda oʻlkada musulmonlarning oʻrni oshirish uchun [[671]]- yilda Ziyod ibn Abu Sufyon Basra va Kufada 50 ming jangchini oilalari bilan Marvga joylashtiradi. Bu harakati tufayli Xurosondagi musulmonlarning rolini mustahkamlabgina qolmay, balki kelajakda Movarounnahrga yurish qilish uchun zarur boʻlgan kuchlarni ta'minlashga zamin yaratadi<ref name="Gibb17">{{harvnb|Gibb|1923|p=17}}</ref><ref name="Kennedy7">{{harvnb|Kennedy|2007|p=237}}</ref>.