Etika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Malikxan (munozara) tomonidan qilingan 3595679-sonli tahrir tiklandi
Teglar: Twinkle Bekor qilindi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Emoji Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 8:
Endilikda etika oldida qator global muammolar turibdi; insoniyat hozir noosfera (texnikaviy muhit)da yashab, biosfera (biologik muhit)dan tobora uzoqlashib bormoqda, inson tafakkuri vujudga keltirgan fantexnika taraqqiyoti endilikda insonning oʻziga, uning mavjudligiga qarshi xavf sifatida ham maydonga chiqmoqda: atom, vodorod, neytron bombalarning, yadroviy kallakli ballistik raketalarning yaratilishi, olamiy okeanning, yer osti va yer usti suvlarining zaharlanishi kabi hodisalar ekologik tozalikdan ham koʻra axloqiy poklikni talab qilmoqda. Klonlashtirish, bir inson aʼzosini boshqa insonga koʻchirib oʻtkazish, evtanaziya (bemorning oʻz oʻlimini.tezlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosini qondirish) va boshqalar muammolar ham axloqiy aralashuvga muhtoj.
 
Oʻzbek milliy etikasi boshqa falsafiy fanlar kabi mintaqaviy tabiatga ega boʻlib, uning ildizlari Avestot borib taqaladi. Avestoda ilgari surilgan 3 fazilat — ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal yaxlitligidan iborat axloqiy gʻoya barcha davrlar oʻzbek etikasi uchun umumiy tadqiqiy asos boʻlib keldi. Tasavvufiy etikada mazkur yaxlitlik 4 fazilat yaxlitligi (ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal va maʼrifat) shaklida namoyon boʻldi (Aziziddin Nasafiy, Koshifiy). Naqshbandiya tariqati axloqshunosligida esa asosiy eʼtibor insonning zamon va makondagi roliga, axloqiy xattiharakatning zamon ehtiyojlarini hisobga olishi, ilohiy va insoniy fazilatlarning uygʻunligi masalasiga qaratildi (Bahouddin Yaaqshband, Alisher Navoiy). Oʻrta asrlar oʻzbek etikasida nazariy fikrlar bilan pandnoma usulidagi hikoyatlar omuxtaligi koʻzga tashlanadi (Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Yassaviy, Poshshoxoja). Bu jihatdan temuriylar davridagi pandnomalar, ayniqsa, Navoiyning „Mahbub ulqulub“ asari noyob hisoblanadi. Keyingi davrlardagi eng eʼtiborli pandnoma Gulxaniyshsht „Zarbulmasal“ asaridir. Jadidchilik harakati davrida axloqshunoslikka eʼtibor yanada kuchaydi; jadidlar milliy ozodlikka erishish yoʻlini xalq axloqiy darajasini va maʼrifatni yuksaltirishda koʻrdilar; Anbar Otinning „Qarolar falsafasi“, Avloniyshtg „Turkiy Guliston yoxud axloq“, Fitratnit „Najot yoʻli“, „Oila“ asarlarida shaxs axloqiy hayotining jamiyat taraqqiyotiga taʼsiri, yangicha turmush tarzining axloqiylik bilan bogʻliqligi masalalari koʻtarildi. Axloqiylikni sinfiylik va partiyaviylik kabi tamoyillarga boʻysundirgan shoʻrolar davri etikasi soxta fan sifatida oʻz vazifasini oʻtay olmadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, kechmish axloqiy qadriyatlari, anʼanaviy urf-odatlar, milliy va axloqiy tamoyil hamda meʼyorlar jamiyatda oʻz oʻrnini egallagach, etika fani ham taraqqiyot yoʻliga kirdi, etika tarixi va nazariyasiga doir yirik tadqiqotlar eʼlon qilindi (Y.Jumaboyev, E.Yusupov). Oʻzbekiston milliy untida etika va estetika kafedrasi mavjud; barcha oliy oʻquv yurtlarida etika fani oʻqitiladi. Hozirgi paytda olimlar (X.Shayxova, A.Sher, F.Zagritdinova, M.Mahmud va boshqalar) etika tarixi va nazariyasining dolzarb muammolariga doir yangi tadqiqotlar olib bormoqda.😅
 
== Adabiyotlar ==