Spitamen: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 84.54.73.240 tahrirlari NGC 54 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 11:
[[Iskandar Zulqarnayn|Aleksandr Makedonskiy]] miloddan avvalgi 329-yil bahorida Turon zaminga bostirib kirib, [[Maroqanda]]ni egallaydi va [[Tanais]] (Yaksart, hozirgi Sirdaryo) boʻyidagi qal’alarni egallash bilan mashgʻul boʻlib turganda, baqtriyaliklar va sugʻdiylar Spitamen boshchiligida Sugʻdiyonada qoʻzgʻolon koʻtarib, Maroqandani qamal qilganlari haqida xabar keladi. Qoʻzgʻolonchilar makedon qoʻshinlari ustidan ketma-ket ajoyib gʻalabalarga erishayotgan edilar, bular Aleksandr qoʻshinining ruhini tushirib yubormoqda edi.
 
Buning ustiga [[Aleksandr]] turgan Tanaisning narigi betiga osiyolik skiflar (saklar) ning katta qoʻshini yetib kelgan boʻlib, Spitamenga qoʻshilishga tayyor edi. Aleksandr qoʻshini bilan saklarga zarba berish uchun oʻq yomgʻiri ostida daryodan oʻtadi va saklar qisqa, shiddatli olishuvdan soʻng [[cho'l|choʻl]] ichkarisiga qarab atayin chekinadilar. Arushanning yozishicha, Aleksandr qoʻshini ularni jazirama issiq sharoitida biroz ta’qib etgach, tashnalik azobidan qiynalgan, u koʻlmak suvdan ichib, ichburugʻ kasaliga uchrab, orqaga qaytishga majbur boʻlgan. Makedon bosqinchilarida endi Marokandaga, Spitamenga qarshi katta kuch tashlash imkoniyati paydo boʻladi. Unga qarshi Menedem boshchiligida 3000 piyoda va 800 otliq askar yuboriladi. Spitamen uning yoʻliga pistirma qoʻyib, raqibini qirib tashlaydi, jangda 2000 piyoda va 300 otliq oʻldiriladi. Aleksandr unga qarshi mahalliy xalq tilini biluvchi Farnux boshchiligida qoʻshin yuborgan.am bo'lgan
 
Lekin Spitamen vaziyatga toʻgʻri baho berib, jang qilishdan voz kechadi va Maroqanda qamalini boʻshatib, massagetlar bilan qoʻshilish uchun chekinadi. Spitamen oʻziga qoʻshilgan 600 massaget otliqlari bilan choʻlga yaqin sayxonlikda oʻrnashib oladi va [[makedoniya (qadimgi davlat)|makedoniyaliklarga]] qarshi ajoyib usulda jang qilishga qaror qiladi. U dushman hujumini ham kutmaydi, oʻzi ham unga hujum qilmaydida dushman piyodalari atrofida ot choptirib, unga oʻq yomgʻiri yogʻdiradi, bordiyu makedoniyalik otliq jangchilar horigan otlarida ularga tashlanishga harakat qilgudek boʻlsalar, Spitamenning ildam baquvvat otlari osongina ulardan uzoqlashardi. Shu tariqa jang qila-qila makedon qoʻshinini tinkasini quritganlar. Dushmanlardan koʻpi oʻlgan, yarador boʻlgan.