Hojiakbar Shayxov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
84.54.70.252 (munozara) tomonidan qilingan 1 ta tahrir qaytarildi
Teglar: Twinkle Bekor qilindi
20110309
Qator 1:
'''Shayxov Hojiakbar'''( [[1945-yil]] [[25-mart]]da [[Shinjon]] shahrida tugilgan, [[Xitoy]] <nowiki/>[[2002-yil]]da [[27-may]]da [[Toshkent]]) – shahrida vafot etgan.Hojiakbar Shayxon <nowiki/>[[Fantastika|fantastik]] va [[Publitsistika|publitsistik]] janrlar [[yozuvchi]]si. Oʻzbek ilmiy badiiy fantastikasining asoschilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi [[1997-yil]] Ota bobolari asli toshkentlik boʻlib, [[Sharqiy Turkiston]]ga koʻchib ketishgan va [[1955-yil]] vataniga qaytishgan. [[Toshkent politexnika instituti]]ning energetika fakultetini tugatgan (1971). [[Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi]] Elektronika institutida yetakchi muhandis (1978—1981), „Yosh gvardiya“ nashriyotida boʻlim mudiri (1981—1984), [[Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi]] raisining ijodiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1984—1989), 1999—2000-yillarda „Sirli olam“ jurnali va uning ilovasi – „Qalb koʻzi“ gazetasining asoschisi va bosh muxarriri. „Yozuvchi“ nashriyotining direktori (1996—2000), Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari ([[2001-yil]]dan). U 10 dan ziyod ilmiy-fantastik hikoyalar, qissalar va romanlar muallifi. „[[Rene jumbogʻi]]“ (1977), „Zalvorli odimlar“ (1977), „Yettinchi operatsiya“ (1979), „Gʻaroyib koʻlanka“ (1980), „Olmos jilosi“ (1983), „Soʻnggi ajdarning halokati“ (1985), „Hayotbaxsh xayollar“ (1985), „Ajdodlar xotirasi“ (1986), „Yonar dare“ (1986), „Maktab sahnasi“ (1988), „Sehrli qiz“ (1989), „Telba dunyo“ (1990), „Tutash olamlar“ (1996), „Jodugarning eri“ (1999), „Ikki jahon ovorasi“ (2001) va boshqa fantastik qissa va romanlari bor. Asarlarida ezgulik va yovuzlik, toʻgʻrilik va egrilik, bagʻrikenglik va xudbinlik oʻrtasidagi kurash ilmiyfantastik shakllarda oʻziga xos yoʻsinda aks ettirilgan. Voqealar silsilasi qanchalik gayritabiiy, qaxramonlar esa qanchalik gʻaroyib boʻlmasin, voqealar Yerdagina emas, butun koinotda, qoʻshni sayyoralarda roʻy bermasin, ular oxiroqibat qay bir tomonlari bilan odamlarning bugungi hayoti va tashvishlariga bogʻlanib ketgan. „Fan fidoyisi“ (1987), „Zamin shaydosi“ (1990) publitsistik. Uning asl kasbi energetik. Bir nechta ilmiy asarlar yaratgan fantastika boyicha ishlovchi taniqli yozuvchi hisoblanadi. Toshkent politexnika institutini bitirgan. U Turkistonga koʻchib u yerdan urush tugagach qaytgan. [[AQSh]] dagi fantastik janrdagi eng yaxshi yozuvchilar ensklopediyasiga kiritilgan. H.Shayhovning „Birinchi sinov“ nomli asarini barcha bolalar sevib oʻqishadi. Bu asarda bosh qahramon Shaxnoza ismli qizcha boʻladi.
{{no iwiki}}
{{OʻzME}}