Chingiz Aytmatov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 84.54.73.119 tahrirlari Gidrotexnik versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 1:
'''Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov''' ([[qirgʻiz tili|qirgʻ.]] Чыңгыз Төрөкул уулу Айтматов; [[12-dekabr]], [[1928]] – [[10-iyun]], [[2008]]). Qirg'izistonning Shakar ovulida tug’ilgan. – Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1968). „Sarvqomat dilbarim“ („Dovon“), „Boʻtakoʻz“ („Jazirama“), „Birinchi muallim“, „Jamila“ kabi asarlari bilan mashhur.{{Adib
 
OYBEk jon chop etgan{{Adib
| Ism = Chingiz Aytmatov
| Ism (oz tilida) = Чынгыз Айтматов
Qator 22 ⟶ 24:
}}
 
== Hayoti va ijodi ==
Qirg'izistondagi Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug'ilgan. Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi akademigi (1974). Qirgʻiziston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan (1953). 1956 – 1958-yillari Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarlarini qirgʻiz va rus tilida yozadi. Ilk hikoyalari 1950-yillarda bosilgan. „Bay-damtol sohillarida“ (1955), „Yuzma-yuz“ (1957) asarlari oʻtkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. „Jamila“ (1958), „Sarvqomat dilbarim“ (1961), „Boʻtakoʻz“, „Birinchi muallim“ (1962), „Momo yer“, „Somon yoʻli“ (1963), „Alvido, Gulsari“ (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan ta-rannum etilgan. Chingiz Aytmatovning „Togʻ va choʻl qissalari“ turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. Aytmatovning „Oqkema“ (1970) qissasida insoniy goʻzallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. „Oq kema“ kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi. „Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ (1977) qissasida muhim maʼnaviy masalalar, shoʻro davridagi hayotning mashʼum manzaralari oʻz ifodasini top-gan."Asrga tatigulik kun" (1980), „Qiyomat“ (1986), „Kassandra tamgʻasi“ (1990) romanlarida zamonamizning umuminsoniy tomonlari, ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar koʻtarilgan. Oʻtmishini unutgan, hissiz, hamma narsaga loqayd, itoat-u, buyruqni bajarishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuygʻu, noziq hissiyotlari soʻngan manqurt obrazi tasviri A. ijodining muhim qirralaridan biri boʻldi. Yozuvchining „Choʻqqida qolgan ovchining ohi zori“ (M. Shoxonov bilan hamkorlikda) asari maʼnaviyatga bagʻishlangan. Aytmayov prozasida ruhiyat tahlili anʼanaviy folklor, mifologiya, obrazlilik bilan uygʻunlashib ketadi. Unda masal, ramziylikka moyillik sezilarli darajadadir. Aytmatovning asarlari jahonning 176 tiliga tarjima qilinib, 20 mln.dan ortiq nusxada chop etilgan (1999). „Sarvqomat dilbarim“ („Dovon“), „Boʻtakoʻz“ („Jazirama“), „Birinchi muallim“, „Jamila“, „Alvido, Gulsari“ va boshqa ekranlashtirilgan, oʻzbek va chet el teatrlarida sahnalashtirilgan. „Momo yer“ asariga I. Akbarov musiqa yozgan. Adib 2008-yilning 10-iyunida Germaniyaning Nyurnberg shahrida vafot etgan.