Sulton Ahmad Mirzo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{manba}}
 
'''Sulton Ahmad Mirzo''' ([[1451]], [[Samarqand]] — [[1494]], Oqsuv [[mavze]]si, [[Oʻratepa|Oʻratepa]]) — Samarqand [[hokim]]i ([[1469]]—94). [[Temuriylar]] sulolasidan. [[Abu Said (Temuriy)|Abu Said Mirzo]]ning katta oʻgʻli. [[Ona]]si — Oʻrda Bugʻa [[Tarxon]]ning qizi. [[Ota]]si unga Samarqand va [[Buxoro]] [[viloyat]]lari hokimligini bergan. Keyinchalik [[Toshkent]], [[Shohruxiya|Shoxruxiya]] va [[Sayrom|Sayram]]ni oʻz tasarrufiga kiritgan. Toshkent va Sayramni ukasi [[Umarshayx Mirzo (temuriy)|Umar Shayx Mirzo]]ga topshirgan. [[Xoʻjand]] bilan Oʻratepa ham bir necha muddat uning tasarrufida boʻlgan. [[1493]]-yil Sulton Ahmad Mirzo kuyovi, Toshkent xoni [[Sulton Mahmudxon]] bilan ittifoq tuzib [[Andijon]]ga — Umar Shayx Mirzoga karshi yurish boshlaydi, ular Andijon, [[Axsi (tuman)|Axsi]] va [[Margʻilon]]ni qamal qiladilar. Shu paytda Axsida Umar Shayx Mirzo toʻsatdan vafot etib, [[taxt]]ga 12 [[yosh]]li [[Bobur]] oʻtirgan. [[Bek]] va [[amir]]lar [[xalq]]ni dushmanga karshi safarbar etadilar. Sulton Mahmudxon Toshkentga qaytib ketgan. Sulton Ahmad Mirzo Boburga [[Fargʻona]] hukmronligini „inʼom“ etib Samarqandga qaytgan, biroq Oʻratepaga yetganda vafot etgan. Sulton Ahmad Mirzo [[Movarounnahr]]da nufuzi nihoyatda baland boʻlgan [[Xoja Ahror|Xoja Ahror Vali]]ni oʻziga [[pir]] tutgan. Oysha Sulton begim va Maʼsuma Sulton begim ismli qizlari Boburning xotinlari boʻlgan.
 
== Adabiyot ==
* Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995; M ugʻam madjonov A., Temur va temuriylar saltanati, T., 1994.
* Qodirov P., Yulduzli Tunlar,
 
{{OʻzME}}