Xorazmshohlar davlati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Uzgen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
 
Uzgen bot (munozara | hissa)
k Robot: Automated text replacement %s
Qator 1:
11-asr va 12-asrning birinchi yarmida Xorazm saljuqlar davlati (g'`aznaviylar davlati xarobalarida 11-asrda tashkil topgan) tarkibiga kirgan. Xorazmning 11-asrdagi yuksalishi turkiylar sulolasiga mansub xorazmshohlar siyosati bilan uzviy bog'`liq. Mazkur sulolaga saljuq amirining tashtdori Anushtegin asos solgan. Sulton hammomchilari mahkamasining sardori bo'`lgan Anushtegin Malikshoh (1072-1092 yy.) saroyida yuksak martabaga erishgan. U rahbarlik qilgan mahkama zimmasiga Xorazmni boshqarish ham yuklangan. Qayta tiklangan xoramshoh mansabiga sazovor bo'`lgan Anushtegin nabirasi Otsiz Xorazm mustaqilligi yo'`lida astoydil harakat qilgan. Xorazmshoh Otsiz (1127-1156 yy.) saljuq sultoni Sanjarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. U mug'`ombir diplomat va qat'iy sarkarda bo'`lib, mustaqil tashqi siyosat yuritadi. Chunonchi, u o'`z hukmdori Sanjarning ruxsatisiz qipchoqlar va turkmanlarga qarshi urush boshlaydi. 12-asrning boshida O'`rta Osiyoni sharq tomondan yangi istilochilar - qoraxitoylar bosib oladilar. Sulton Sanjar o'`zining yaqin qarindoshi bo'`lgan samarqandlik qoraxoniylar xoni Mahmudga yordamga keladi. Qoraxitoylarga qarshi Samarqand yaqinida bo'`lib o'`tgan jang Sanjarning to'`la mag'`lubiyati bilan yakunlanadi. Xorazmshoh Otsiz Sanjarning mag'`lubiyatidan ustalik bilan foydalanib 1141 yili Marvni ishg'`ol etadi, 1142 yili esa Nishopurga yaqinlashadi. 1156 yili Otsiz vafot etadi va uning o'`g'`li Elarslon (1156-1172 yy.) xorazmiylar davlatini mustahkamlashni davom ettirib, Dixistonni tevarak-atrofdagi yerlarga qo'`shib oladi. Uning o'`g'`li Tekesh (1172-1200 yy.) 1187 yili Nishopurni, 1192 yili esa Marvni bosib oladi. 1194 yili g'`arbiy saljuqlar sultonini qaqshatqich mag'`lubiyatga uchratib, Eronning butun sharqiy qismini egallab oladi. 1195 yili Tekesh abbosiy xalifa qo'`shinini tor-mor qilib, Iroqga bostirib kiradi. O'`z mamlakati hududlarini ikki karra kengaytirgan va qudratli davlat barpo etgan xorazmshoh Tekeshni Xorazmning eng iste'dodli hukmdori deb e'tirof etish mumkin. Uning siyosati kamchiliklaridan biri qipchoq harbiy aristokratiyasiga ko'`rsatilgan homiylik bo'`lgan. Qipchoqlar Tekesh rafiqasi xayriohligidan foydalanib davlat ishlariga ko'`proq ta'sir ko'`rsatishga intilgan. Turkiy "qo'`mondonlar"ning davlat ishlariga o'`zboshimcha aralashuvi keyinchalik Tekesh o'`g'`li Muhammad zamonida Xorazm davlatining parchalanishiga sabab bo'`lgan.
 
{{wikify}}[[Category:O`zbekiston tarixi]]