Afgʻoniston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 105:
 
== Adabiyoti ==
[[File:Mazar-e sharif - Steve Evans.jpg|leftthumb|330px|Mazori Sharifdagi masjid]]
Afgʻoniston adabiyotining rivojida pushtu va fors-kobuliy tilidagi xalq ogʻzaki ijodining taʼsiri katta. 10 — 15 — asrlar mumtoz adabiyotining namoyandalari Rudakiy, Firdavsiy, Saʼdiy va b. shoirlar ijodiyotini Eron, A, Tojikiston xalqlari oʻzlarining umumiy adabiy merosi deb hisoblaydilar. 15-asrda yashab ijod etgan Boyazid Ansoriy saj (qofiyali nasr) uslubidagi asarlarida diniy-falsafiy, ijtimoiy fikrlarini bayon etdi. Uning izdoshlari, „ravshaniy shoirlar“ nomi bilan mashhur boʻlgan Davlat Lohoniy, Mulla Arzoniy, Mirzaxon Ansoriylar 17-asrda Afgʻoniston adabiyotida ijtimoiy va demokratik mayllarni targʻib qildilar. 17 — 18-asrlarda Xushholxon Hattak, Abdurahmon Rahmonbobo, Abdulhamid, Abdulqodirxon Hattak, Kozimxon Shaydo, Pirmuhammad Kokar, Ahmadshoh Durroniy kabi zabardast shoirlar yetishib chiqdi va Afgʻoniston adabiyoti rivojida sermahsul davr boshlandi. Afgʻoniston adabiyotaga fors-tojik va oʻzbek adiblaridan Umar Xayyom, Hofiz, Jomiy, Xisrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Bedil ijodi barakali taʼsir oʻtkazdi. 19- ada afgʻonlarning ingliz bosqinchilariga qarshi qahramonona kurashi Hyp Sohib, Nuriddin, Hamid Kashmiriy kabi yozuvchilar ijodida aks ettirildi. Mahmud Tarziy 20-asr boshlarida taniqli maʼrifatparvar boʻlgan. Oʻsha paytda Solih Muhammad, Gʻulom Muhiddin Afgʻoniy va b. muhim ijtimoiy muammolar xaqida yozdilar. 19- a. oxiri — 20- a. boshlarida Peshovarda nasrchilik rivojlana boshladi. Mavlaviy Axmad afgʻon adabiyotida hikoyanavislikka asos solganlardan biri boʻladi. U pushtu tilida „Odamxon va Durxoniy“ ertagi asosida qissa va „Afgʻon ganjinasi“ hikoyalar toʻplamini yezdi. Ahmadshoh Rizvoniy sheʼr va hikoyalar ijod etdi. Afgʻoniston mustaqillika erishgach (1919), adabiyotda maʼrifatparvarlik mavzui ustun boʻldi, vatanparvarlik ruhidagi asarlar dunyoga keldi. Turli adabiy uslub va yoʻnalishlar bir-biri bilan qoʻshila bordi. 1937 yilda Kobuldagi „Anjumane adabiy“, Qandahordagi „Pushtu“ jamiyatlari birlashuvi natijasida „Pashtu tolina“ (Afgʻon akademiyasi) tashkil topdi. Akademiya olimlari pushtu tilidagi adabiyot va sanʼatni rivojlantirish bilan shugʻullandilar. 2- jahon urushidan keyin tuzilgan „Bedor yoshlar“ tashkiloti aʼzolari matbuotda va adabiy asarlarda jamiyatda jiddiy oʻzgarishlar qilish va mamlakatni ogʻir iqtisodiy ahvoldan qugkarish talablarini ilgari surdilar. Aning mashhur yozuvchilari: Abdurauf Benavo, Gul Pocho Ulfat, Nurmuhammad Taraqqiy, Gʻulom Hasan Sofiy, Qiyomiddin Xodim, Sadikulla Rishgin, Abdulhaq Betob, Xalilulla Xaliliyil