Abdullaxon II: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Katta tahrir
kTahrir izohi yoʻq
Qator 13:
}}
== Abdullaxon II — davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, maʼrifat, madaniyat homiysi ==
{{Buxoro hukmdorlari}}
[[File:Portrait of Abdulla-khan. The former Claude Ane Collection. 1572. Bukhara.2.jpg|thumb|right|250px|Abdullaxon II]]
Abdullaxon II (toʻliq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (1534; Miyonkol, Ofarinkent qishlogʻi — 1598.8.2, [[Samarqand]], [[Buxoro]] yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) — oʻzbek davlatchiligi tizimidagi [[Buxoro xonligi]]ning [[shayboniylar]] sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583—98), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, maʼrifat, madaniyat homiysi. Bobosi [[Jonibek sulton]] (vafoti 1528/29) Karmana va Miyonkol hokimi (1512/13-yildan boʻlgan. Otasi Iskandar sulton oʻgʻli tugʻilgan paytda Ofarinkentni, keyichalik, aftidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II [[Shayboniyxon]] vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chogʻidan qattiq kurash olib borgan. Toshkent hokimi Navroʻz Ahmadxon! (Baroqxon) bilan Koson yonida (1548),! Moʻgʻuliston xoni Abdurrashidxon va shayboniylardan Doʻstum sultonlar qoʻshiniga qarshi Forob yonida (1554)1 jang qilgan. Yosh Abdulla sulton oʻzining hukmdor sifatidagi butun gʻayrat-shijoatini 1551 yil Karmanada namoyish etgan; viloyatga Toshkentdan! Navroʻz Ahmadxon va Samarqanddan Abdullatifxon hujum qilganlar, Iskandar sulton Amudaryo ortiga qochgan. Abdulla sulton otasi vazifasini oʻz zimmasiga olib bu hujumni muvaffaqiyatli qaytargan. Keyingi yillarda] (1552—56) oʻz mulkini gʻarbga — Buxoro tomonga va janubiy.-sharq — Qarshi va Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu saʼy-harakat dastlab muvaffaqiyatsiz chiqqan, hatto 1556 yil u ota meros mulkini tashlab Maymanaga qochishga majbur boʻlgan. U amakisi, Balx hokimi Pirmuhammaddan harbiy yordam olib va piri Joʻybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom koʻmagida Navroʻz Ahmadxon, keyinchalik uning oʻgʻillari Darveshxon va Bobo sultonlarga qarshi uzoq muddat kurash olib borgan. Navroʻz Ahmadxon vafot etgach (1556), darhol Karmana va Shahrisabzda oʻz hukmronligini tiklaydi, 1557 yil mayda Buxoroni qoʻlga kiritadi va uni oʻz poytaxtiga aylantiradi. 1561 yil otasini davlat boshligʻi—xon deb eʼlon qilib, uning nomidan mamlakatni oʻzi boshqara boshlaydi. Markaziy xokimiyatga boʻysunishdan bosh tortgan shayboniy sultonlar bilan kurashib Balx (1574), Samarqand (1578), Toshkent, Sayram, Turkiston (1583) va Fargʻona (1583) ni egallaydi. 1582 yil Dashtga yurish qilib Ulugʻtogʻta qadar borgan. 1583 yil otasi Iskandarxon vafot etgach, mamlakatni oʻz nomidan boshqara boshlaydi. Markaziy hokimiyatga qarshi koʻtarilgan Maymana va Garchiston (1583), shuningdek Badaxshon (1585) dagi gʻalayon, tartibsizliklarni bostirgan. Xorazmga ikki marta yurish (1594 va 1596) qilib, u yerda markaziy hokimiyat hukmronligi qayta tiklagan. Abdullaxon II mamlakat hududi yaxlitligini tiklash yoʻlida qoʻshni xorijiy davlatlar bilan ham kurash olib borgan. Masalan, Turkiya Movarounnahrda oʻz taʼsirini kuchaytirish niyatida Abdullaxon II ga qarshi kurashda Bobo sultonga yordam bergan. Bobo sulton turk askarlari yordamida Nasaf yonida Abdullaxon II ga qarshi jang qilgan. Abdullaxon II safaviylar bilan Xuroson, Gilon uchun kurashib ularni oʻz tasarrufiga kiritgan. Sharqiy Turkistonga qilingan yurishda Qashqar va Yorkend viloyatlarini olgan. Boburiylar ham Badaxshon, Shim. Afgʻoniston va Xuroson uchun Abdullaxon II ga qarshi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi Sind (1583), Kashmir (1586)ni egallab, davlatning janubiy. chegaralarini mustahkamlagan<ref>Bartold V. V., Sochineniya, 11(2) t., M., 1964</ref>.
 
Qator 47:
[[Turkum:Shayboniylar]]
 
 
{{Buxoro hukmdorlari}}
{{Shayboniylar}}
[[Turkum:Buxoro hukmdorlari]]