Boku: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
EmausBot (munozara | hissa)
k r2.7.2+) (Bot qoʻshdi: pa:ਬਾਕੂ
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[Tasvir:A-Baki.PNG|thumb|200px|Boku shahri Ozarbayjon xaritasida.]]
'''Baku''' (ozarbayjoncha: ''Bakı'') - [[Ozarbayjon]] Respublikasining [[poytaxt]]ı. [[Xazar]] [[dengiz]]i qirgʻogʻida, mamlakat janubida joylashgan shahar. Shaharda 2 milliondan oshiq kishi istiqomat qiladi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Boku''' (ozarbayjoncha Baki) — shahar, Ozarbayjon poytaxti. Ozarbayjonning yirik sanoat, fan va madaniyat markazi. T. y. tuguni. Kaspiy dengizining g‘arbiy sohilidagi yirik port. Apsheron ya. o.ning jan. qismida. B.ning markaziy qismi Boku buxtasiga zinapoyasimon pasayib tushuvchi amfiteatr shaklida joylashgan. Yanv.ning o‘rtacha t-rasi 3°, iyulniki 25—30°, yiliga 180—300 mm yog‘in yog‘adi. Kuz faslida ko‘pincha kuchli shamollar bo‘lib turadi. Aholisi 1080,5 ming kishidan ziyod (1999; shahar kengashiga bo‘ysunuvchi aholi punktlari b-n birga 1713,3 ming); 19-a. avvalida B.da 4,5 ming kishi, asr so‘ngida 112 ming kishi yashagan. Aholisi asosan, ozarbayjonlar va ruslar, shuningdek yahudiylar, dog‘istonliklar va b. ham bor.B. birinchi marta 5-a. yozma manbalarida, shuningdek Sharq geograflari (Istaxriy, AlMa’sudiy, AlMuqaddasiy) asarlarida esa 9—10-a.lardan tilga olinadi. Muqaddasiy asarida B.ning port shaharligi aytilgan. B.da neft konlari borligi haqida Yoqut Hamaviy, Zakariyo alQazviniy, Hamdulloh Kazviniy, Avliyo Chalabiy, Abdurashid Bakuviy asarlarida ma’lumotlar keltirilgan. O‘sha zamonlardayoq B.da neft chiqarilgan va Sharq mamlakatlariga, jumladan O‘rta Osiyoga ham jo‘natib turilgan. 12-a.ning 2-yarmidan Shirvon davlatining siyosiy markazi bo‘lgan. Kaspiy dengizi bo‘yidagi shaharlarning savdo aloqalari B. porti orqali amalga oshirilgan. B. qal’asi 15—16-a.larda Jan. Kavkazdagi kuchli qal’alardan biri bUlgan. 1540 y.da B.ni Safaviylar egalladi, 1580-y.larga kelib turklar davlati tarkibida. 1604 y.da Eron shohi Abbos I B. qal’asini zabt etdi. 17-a.da B. anchagina katta shahar hisoblangan. Turk sayyohi Avliyo Chalabiyning yozishicha, B.dan olinayotgan neft shoh xazinasiga katta daromad keltirgan. 1723 y. shaharni rus qo‘shinlari bosib oldi, lekin 1735 y.da u Eronga qaytarib berildi. 1747 y.dan Boku xonliginint poytaxti bo‘lgan. Keyinroq, RossiyaEron urushi davrida (1804—13) B.ni Rossiya ikki marta bosib oldi (1806 va 1813). 1897-1907 y.larda B. Batumi neft quvuri o‘tkazilgan. 1901 y. B. konlaridan 11,4 mln. t neft qazib olindi (jahonda qazib olingan neftning 50%). B. 1917 y.gacha gubernya markazi bo‘lgan. 1917 y. 31 okt. (13 noyab.)da B.ni bolsheviklar egallab, sho‘rolar hokimiyatini o‘rnatdi. Ammo zo‘rlik b-n o‘rnatilgan hokimiyat 1918 y. 31 iyulda ag‘darib tashlandi. 1920 y. 28 apr.da hokimiyat markazdan yuborilgan Qizil Armiya yordamida yana bolsheviklar kuliga o‘tdi va B. Ozarbayjon Respublikasining poytaxti deb e’lon qilindi. 1991 y. avg .dan B. mustaqil Ozarbayjon Respublikasi poytaxti.B.da neft va gaz chiqarish, neftni qayta ishlash, neftkimyo, kimyo, mashinasozlik (neft sanoati uchun jihozlar i. ch., elektrotexnika, radioelektronika va b.), metallsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. B. bir qancha yirik issiqlik elektr st-yalardan iborat o‘z energetika sistemasiga ega. Shahardagi ko‘p sonli sanoat korxonalari orasida neft konlari alohida o‘rin tutadi. B.ning sharqiy qismida neftni qayta <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
== Havolalar ==
Qator 148 ⟶ 153:
[[zh-min-nan:Baku]]
[[zh-yue:巴庫]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}