Kalka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Kalka (maʼnolari)}}
'''Kalka''' (frans. caique — nusxa, tak,lid) — boshqa til lugʻaviy birligidan ona tili vositalari asosida nusxa koʻchirish (soʻzma-soʻz tarjima qilish) natijasida yuzaga kelgan soʻz, atama yoki birikma. K.ning maʼnoviy va shakliymaʼnoviy turlari mavjud. Maʼnoviy K. soʻzning ohangi va soʻz yasalish shakli jihatidan ona tiliga mansub boʻlsada, maʼno jihatdan chet soʻzlarning taʼsiriga bogʻlikdir: "maydon" (magnit maydoni) — "pole". Shakliy-maʼnoviy K. oʻzga tildagi maʼnoni ifodalay oladigan unsurlar asosida ona tilida yangi lugʻaviy birlik hosil qilishdir. Toʻliq va yarim shakliy-maʼnoviy K.lar boʻladi. Toʻliq K.da ona tilining oʻz ichki imkoniyatlaridan foydalaniladi (nadstroyka — ustqurma, mirovozzreniye — dunyoqarash, jeleznaya doroga — temir yoʻl). Yarim K. har ikki til unsurlaridan tashkil topadi (polu-avtomat — yarim-avtomat). K. ijodiy jarayonda paydo boʻladigan til hodisasi, shuning uchun tarjimondan katta mahorat talab qiladi. K. tilni boyitishning muhim omillaridan biri.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>