Karikatura: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Legobot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 55 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q482919 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
[[File:French riots november 2005.jpg|thumb|right|250px|[[Parij]]dagi tartibsizliklarga prezident [[Nicolas Sarkozy]]<nowiki>'</nowiki>ning munosabatini hajv qiluvchi karikatura (2005)]]
'''Karikatura''' ([[italyan tili|italyancha]] ''caricare'' — „oshirish“, „urgʻu berish“) deb [[satira|satirik]] yoki [[mutoyiba|hajv]]iy tasviriy sanʼatga aytiladi. Satirik karikaturada ijtimoiy, siyosiy va boshqa muammolar fosh etiladi, [[korrupsiya]]ga berilganlar tanqid qilinadi. Hajviy karikatura esa biror kimsani tanqid qilmay, shunchaki kundalik mavzularni kulgili yoritadi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Karikatura''' (ital. caricare -boʻrttirmoq soʻzidan) — aniq ijtimoiy tanqidiy yoʻnalishga ega boʻlgan tasviriy sanʼat turi, grafika sohasi (rangtasvir va haykaltaroshlikda juda kam qoʻllaniladi), hajv va kulgili qilib ishlangan rasm. Tasvirda kulgili holat real va fantastik voqealar b-n yoʻgʻrilgan holda yaratiladi, harakterning oʻziga xos tomonlari boʻrttirilib, achchiq kulgi tugʻdiradigan qilib tasvirlanadi. Tasvirdagi maʼnoni izohlash va tasvirning taʼsirchanligini oshirish maqsadida K.ga matn (baʼzan sheʼr) ilova qilinadi.
 
K. xususiyatlari qad. davr sanʼati (Qad. Misr tasvirlari, Yunoniston vaza bezaklari, Kad. Rim freskalari)da, yapon va hind miniatyuralarida uchraydi. Ayniqsa, Uygʻonish davrida K. keng rivoj topdi (mas, Leonardo da Vinchi rasmlari). K. janr sifatida jamiyatda yuzaga kelgan keskin ijtimoiy qaramaqarshiliklarni fosh etish zaminida shakllangan (U. Xogart, F.Goyya, O.Domye va b.ning K.lari).
 
Yevropa K.si xususiyatlari ilk bor ingliz tasviriy sanʼatida shakllandi; K. uchun xos boʻlgan davrning ijtimoiy va davlat hayotidagi xalqaro siyosiy voqealarga hozirjavobligi namoyon boʻldi (mas, fransuzlarning inqilobiy, ruslarning Napoleonga bagʻishlangan xalq hajviy rasmlari). 19—20-a.lar chegarasida ijtimoiy kurashning avj olishi gaz. va jur. grafikasi K. ni rivojlanishini, shuningdek, professional gaz. karikaturachilarining paydo boʻlishini taʼminladi, ular orasida mashhur yirik rassomlar ham bor edi.
 
20-a.da K. ijtimoiy kuchlar munosabatlaridagi murakkabliklarni aks ettirdi; 2-jahon urushi yillari u fashizmga qarshi kurashda muhim rol oʻynadi ("TASS oynasi", "Uz TAG oynasi", plakatlar, varaqalar, front gaz. lari va b.), koʻplab rassomlar shuhrat qozondi. Maxsus satirik nashrlar, kundalik gazetalar K. taraqqiyotiga va ommaviylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Jahon karikaturami rassomlari (X. Bidstrup, Daniya; S. Venev, Bolgariya; Kukrinikslar, Rossiya va b.) tinchlikni saqlash va uni himoya qilish mavzuida K. namunalarini yaratishdi.
 
Oʻzbekistonda satirik jur.lar (ayniqsa, "Mushtum" jur.) nashri K. janri taraqqiyotiga zamin yaratdi. Us t a Moʻmin, D. Sinitskiy, A. Osheyko, L. Abdullayev, T. Muhamedov, N. Ibrohimov va b. rassomlarning K.lari, "Oʻzbekiston" nashriyotining "Jangovar qalam" plakatlar turkumlari hayotda uchrab turadigan illatlar (poraxoʻrlik, ichkilikbozlik, xoʻjasizlik, yulgʻuchlik va b.)ga qarshi kurashda, ularni fosh etishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Mustaqillik davrida K. boqimandachilik, giyohvandlik, qalloblik, aqidaparastlik kabilarni fosh etishda dolzarb ahamiyat kasb etmokda. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
Karikatura qadimdan chizib kelinadi. Siyosiy karikaturalar [[Qadimgi Rim]]da ham tarqalgan edi.<ref>[[:File:Graffiti politique de Pompei.jpg|Pompeidagi siyosatchi karikaturasi]]</ref> [[Oʻzbekiston]]da karikatura maktabi [[Mushtum]] jurnali<ref>[http://kun.uz/2012/11/13/comics/ Ўзбекистонлик карикатурачига «тиш қайраганлар» карикатурани «ўзбеклар учун янгиликка» айлантиришди], ''[[kun.uz]]''</ref> va keyinchalik unga hamroh [[Afandi (gazeta)|Afandi]] gazetasi faoliyati bilan bogʻlangan. Oʻzbek karikaturachilar safiga [[Telman Muhamedov]], [[Alijon Xoliqov]], [[Narimon Ibrohimov]], [[Emil Roʻziboyev]], [[Surʼat Salohitdinov]], [[Husan Sodiqov]] va boshqalar kirishadi.