Iordaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 4:
 
== Davlat tuzumi ==
[[File:Hussein of Jordan 1997.jpg|мини|200px|Xusayn Iordaniya qiroli (boshqardi: 1952—1999)]]
Iordaniya — konstitutsiyali monarxiya. [[1952-yil]] 8-yanvarda qabul qilingan konstitutsiya amal qiladi (keyingioʻzgarishlar bilan). Davlat boshligʻi — malik (podshoh) boʻlib ([[1999-yil]]dan Abdulloh II bin Talol), u qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyat sohasida katta huquqqa ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — podshoq va Millat majlisi (parlament); u senat va deputatlar palatasidan iborat. Senatni podshoh 4 yil muddatga tayinlaydi (senat tarkibining yarmisi har 2 yilda yangilanib turadi). Deputatlar palatasi toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yilga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni podshoh oʻzi tayinlaydigan hukumat — Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiradi.