Iordaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 135:
 
== Tarixi ==
Hozirgi Iordaniya hududida dastlab xanaaneylarning somiy qabilalari yashagan. Mil. av. 1 ming yillikda bu hududning bir qismi Isroil va Yahudiya (Iudeya) podshohliklari tarkibida boʻlgan. Mil. av. 1ming yillik oxirida qad. arab davlati — Nabateya podshohligi vujudga keldi. Mil. 2-asrning 30-yillaridan Iordaniya Rim, 4-asrdan [[Vizantiya]] imperiyalari, 7-asrdan [[Arab xalifaligi]] qoʻl ostida boʻldi. Iordaniyada sekin-asta [[arab tili]] va [[islom dini]] tarqala boshladi. 11 — 15-asrlarda [[salibchilar]], [[saljuqiylar]], Misr mamluklari bostirib kirdi. 16-asrning boshidan [[1918-yil]]gacha Iordaniya [[Usmonlilar imperiyasi|Usmonli turk imperiyasi]] tarkibida boʻldi. Mamlakat [[birinchi jahon urushi]] davrida arab qoʻzgʻolonchi vatanparvarlari tomonidan ozod qilindi. Soʻng hozirgi [[Suriya]] hududi bilan birga amir Faysal qoʻl ostiga oʻtdi (1918). [[1920-yil]]dan Iordaniya Britaniya mandatidagi Falastinga qoʻshildi. [[1921-yil]] Iordan daryosining sharqiy qismida Hoshimiylar sulolasidan boʻlgan amir Abdulloh rahbarligida Transiordaniya amirligi tashkil topdi. Uning tashqi siyosati, qurolli kuchlari va iqtisodiyoti ustidan Angliya nazorati oʻrnatildi. Hoshimiylar hukmronligini mustahkamlaydigan konstitutsiya qabul qilindi. [[ Ikkinchi jahon urushi]] davrida Transiordaniya [[Buyuk Britaniya]]ning [[Yaqin Sharq]]dagi qarbiy tayanch maydoniga aylantirildi. [[1946-yil]] 25-mayda Transiordaniya Iordaniya nomi bilan mustaqil davlat, amir Abdullox. esa uning podshohi deb eʼlon qilindi. 1948—49 yillardagi Arab-Isroil urushi natijasida [[Nablus]], [[Bayt-Lahm]], [[Quddus]]ning sharqiy qismi Iordaniyaga qoʻshib olindi. [[1967-yil]] iyunida [[Isroil Iordaniya urushi]] natijasida mamlakatning iqtisodiy jiqatdan eng rivojlangan qismi — 6,6 ming km<sup>2</sup> hududini [[Isroil]] qoʻshinlari bosib oldi. Iordaniya — [[1955-yil]]dan [[BMT]] aʼzosi. [[Oʻzbekiston|Oʻzbekiston Respublikasi]] bilan diplomatiya munosabatlari [[1993-yil]] 13-fevralda oʻrnatilgan<ref name="Einhorn">Talia Einhorn [http://www.acpr.org.il/ENGLISH-NATIV/issue1/einhorn-1.htm The Status of Palestine/Land of Israel and Its Settlement Under Public International Law, Nativ A Journal of Politics and the Arts Vol. 1 / 2003]</ref>.
Milliy bayrami 25 may — Mustaqillik kuni (1946).