Navo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Navo (maʼnolari)}}
'''Navo''' (fors. — kuy, ohang) — Oʻn ikki maqom tizimi hamda Shashmaqom tarkibidagi uchinchi maqom. Shashmaqomdagi N.ning cholgʻu qismlari Tasnifi N., Tarjei N., Garduni N., Nagʻmai Orazi N., Muhammasi N., Muhammasi Bayot, Muhammasi Husayniy, Saqili N. deb ataladi. Ular muayyan kuy mavzulari va doira usullari negizida yaratilgan. N.ning ashula boʻlimi 2 guruh shoʻʼbalarga boʻlinadi. Birinchi — Saraxbori N. (2 taronasi b-n), Talqini Bayot (taronasi b-n), Nasri Bayot (2 taronasi b-n), Orazi N. (3 taronasi b-n), Husayniy N. deb nomlanuvchi shoʻʼbalar hamda Ufari Bayot (Suporishi b-n) qismlaridan tashkil topadi. Ular navbatma-n-vbat turkum tarzida turli doira usullarida aytiladi. Ikkinchi guruh shoʻʼbalar — Savti N., Moʻgʻulchai N. va Mustazodi N. deb yuritiladi. Ularning har biri Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar kabi shoxobchalardan tuzilgan. N. shoʻʼbalar shakli ancha murakkab boʻlib, daromad, miyonxat, dunasr, avj va tushirim tuzilmalaridan tashkil topadi. N.ning shoʻʼbalarida, asosan, Oraz va Bayet namudlaridan avj sifatida foydalanilgan.