Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: endilikda Wikidata d:q234869 sahifasida saqlanadigan 1 intervikini koʻchirdi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{Islom}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Namoz''' (fors.) — islom koʻrsatmalari boʻyicha bajariladigan maxsus ibodat turi; islomdagi 5 rukndan biri. N. musulmonlarga meʼroj kechasi (q. [[Isro va meʼroj]]) farz qilingan birinchi ibo-datdir. Bir kecha-kunduzda 5 mahal (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) N. oʻqish farz hisoblanadi. N. oʻqish "Allohu akbar" deb takbir aytish bilan boshlanib, sano, Qurʼon oyatlaridan tilovat qilishda duolar oʻqish, rukuʼ, sajda, tiz choʻkib oʻtirish, salom berishlarni oʻz ichiga oladi. N.ning bir necha turlari mavjud. Mas, farz, vojib, sunnat, nafl, ishroq, tahajjud, qazo, shukri vuzu, janoza va b. qoʻshimcha N.lar borki, ularni ado etish musulmon kishining ixtiyoriy ibodati sanaladi. Farz, vojib, sunnat N.lari esa ado etilishi sharʼan talab etiluvchi N.lar sirasiga kiradi.
 
N. oʻqish uchun namozxonning badan va kiyimlari hamda oʻqish joyi pok boʻlishi shart. N. qiblaga — Makkadagi Kaʼba ibodatxonasiga qarab oʻqiladi. Uni oʻqishda maxsus toʻshama — joynamozagm foydalanish odatga aylangan. N.ni kishi bir oʻzi yoki jamoa boʻlib oʻqishi mumkin, lekin juma kunidagi juma N.ini masjidda jamoa bilan oʻqish tavsiya etiladi. Jamoa boʻlib N. oʻqiganda namozxonlar qator turadi, ulardan biri (imom) imomlikka oʻtadi. N. paytida gapirish, yeyish, ichish, kulish, yigʻlash, yoʻtalish, turli harakatlar qilish va b. mumkin emas. Kasal va nogironlar N.ni oʻzlariga qulay holatda oʻqiydilar.
 
Islomdagi mazxablar koʻrsatmalarida N. oʻqish qoidalarining bir-biridan farq qiladigan jihatlari bor. Oʻzbekistonda N., asosan, hanafiylik mazhabiga muvofiq oʻqiladi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Namoz''' - [[islom]] dinidagi [[ibodat]], arabchada «Solat» deyilib, lug'atda yaxshilikka duo ma'nosini anglatadi.
Shariatda esa: «Takbir ila boshlanib, salom berish ila tugaydigan maxsus shartlari bor gaplar va ishlar namozdir».
Qator 74 ⟶ 83:
 
{{Islam-stub}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}