Naturalizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Naturalizm (maʼnolari)}}
'''Naturalizm''' (frans. naturalizme, lot. naturalis — tabiiy) — 19-a.ning oxirgi choragida Yevropa va AQSH adabiyoti va sanʼatida yuzaga kelgan oqim va ijodiy metod; real borliqni obʼyektiv, aniq va hissiz aks ettirishga intilgan. N. tabiiy fanlarda erishilgan muhim muvaffaqiyatlar taʼsirida yuzaga kelgan. Asosiy tasvir obʼyekti — inson, uning tabiiy va fiziologik hayot tarzi; tabiat va atrof muhitni uning maishiy va moddiy muhiti deb bilgan. Bu esa, oʻz navbatida, badiiy imkoniyatlari cheklangan badiiy mada-niyat taraqqiyotini taʼminladi: Fransiyada E.Mane, E. Dega, A.Tuluzlotrek; Belgiyada K. Menye, P.Polyus; Germaniyada M. Liberman, X. Bartels, K. Kolvits; Italiyada verizm vakili V.Vela va b. Tasviriy sanʼatda N. borliqni gʻoyaviy mazmunsiz, badiiy umumlashma va tanlashlardan holi, tashki ji-hatdan aynan hayotiy aks ettiradi. Loʻnda, yuzaki tasvirlash, ikkinchi darajali ba-tafeillik, oddiy koʻchirish 1820—30 y.lardayoq namoyon boʻddi (ayniqsa, fransuz rassomlari P.Delorosh, O. Berne va b.), akademik tasvirlash bilan osongina qoʻshilib salon sanʼatining koʻplab turlarini yuzaga keltirdi. 19-a. oʻrtalaridan N. tarixiy, diniy va majoziy janrlardagi anʼanaviy koʻtarinkilik tu-shunchalari qasddan "pasaytirib" maishiy dalillarda izoqlangan joʻngina hayotga keltirilishi oʻziga xos voqea boʻldi.