Niderlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Niderlandlar (maʼnolari)}}
{{Niderlandlar_info}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
{{Maʼnolari|Niderlandlar (maʼnolari)}}
'''Niderlandiya''' (Niderland), Niderlandiya Qirolligi (Koninkrijk der Nederlanden) (norasmiy nomi — Gollandiya) — Gʻarbiy Yevropada, Shim. dengiz sohilida joylashgan davlat. Mayd. 41,5 ming km2. Axoliyey 16 mln. kishi (2002). Poytaxti — Amsterdam sh. Hukumat qarorgohi Gaaga sh.da. Maʼmuriy jihatdan 12 provinsiya (provincie)ra boʻlinadi. Niderlandiya Antil o.lari, Aruba o. N. mulki hisoblanadi.
 
Davlat tuzumi. N. — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1983 y.da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (qirolicha) (1980 y.dan V.A.Beatriks xonim). Uning huzuridagi Davlat kengashi aʼzolari qirol tomonidan tayinlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va ikki palatali Bosh shtatlar (parlament), ijroiya hokimiyatni qirol bilan hukumat amalga oshiradi.
 
Tabiati. N. Oʻrta Yevropa tekisligining gʻarbiy qismida joylashgan. Shim. dan sayoz qoʻltiq va buxtalar oʻrab turadi. Soqili 56 m gacha balandlikdagi doʻngliklardan iborat, toshqindan saqlanish uchun toʻgʻon va dambalar qurilgan. Yer yuzasi, asosan, payettekislik. N. hududining 40% dengiz sathidan pastda, faqat 2% 50 m dan yuqori. Eng baland joyi 321 m. N.ning payettekislik qismlari doim dengiz suvi bosish xavfi ostida. 1282 y.gi kuchli suv toshqini natijasida Zeyder-Ze qoʻltigʻi hosil boʻlgan. 33 km li damba quril-gach, Zeyder-Zening jan. qismi chuchuk suvli berk koʻlga aylangan. N.ning sharqi morenali tepalik; shim. kum va gilli dengiz va dare yotqiziqlaridan, sharqi muzlik yotqiziqlaridan, daryo deltalari esa allyuvial yotqiziqlardan tuzilgan. Kumir, neft va gaz, torf, osh tuzi, kaolin konlari bor.
 
Iklim — dengiz iklimi, qishi yumshoq, yozi iliq. Atlantika okeanidan yil boʻyi shamol esadi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi 1—3°, iyulniki 16—17°. Yillik yogʻin 650—750 mm. Tez-tez tuman tushadi. Qattiq sovuklar ahyon-ahyonda boʻladi. Kor kam, yomgʻir koʻproq yogʻadi. Daryolar yil boʻyi sersuv; yiriklari: Reyn, Maas, Shelda. Sohil tuprogʻi unumdor, daryo vodiylariniki allyu-vial-oʻtloqi tuproq. N.ning shim. va sharqida, asosan, chimli podzol, ay-rim joylarida botqoqlangan tuproq. N. hududining 70% madaniy landshaft, 8% oʻrmon. Qumli joylari butali ve-reyekzor (archagul), daryolar sohili tolzor. Hayvonot dunyosi juda kambagʻal. Yovvoyi quyon, tiyin, suvsar, sassiq-koʻzan, yelik yashaydi. N.da qushlarning 180 turi bor. Daryo deltalaridagi su-zuvchi qushlar qishlaydigan joylar qoʻriqlanadi. Velyuzom, Kennemer doʻngliklari, Xoge-Velyuve milliy bogʻlari va 8 ta qoʻriqxonasi bor.
 
Aholisining aksariyati gollandlar. Yirik etnik guruhlardan flamandlar, frizlar bor. Nemislar, yahudiylar, indonezlar va b. ham yashaydi. Dindor aholining 50% ga yaqini katolik, 37% protestant. Rasmiy til — niderland (golland) tili. N. dunyoda aholisi eng zich joylashgan mamlakatlardan. Aholisining 89% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Amsterdam, Rotterdam, Gaaga, Utrext.
 
Tarixi. N. hududida odamlar neolit davridan yashaydi; mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmida bu yerda kelt kabilalari yashagan. 1-a. boshida bu qabilalarni germanlar siqib chiqargan. Mil. av. 1-a.
 
da N. hududining bir qismini rimliklar bosib olgan. Mil. 3—4-a.larda N. hududiga franklar va sakslar hamda frizlar kelib oʻrnashdilar. Franklar davlati tuzilgach (5-a.), N. hududi uning tarkibiga, 843 y.gi Verden shartnomasiga binoan, "Mukaddas Rim imperiyasi" tarkibiga kirdi. 10— 11-a.larda N. hududida bir necha musta-qil yer-mulklar (Flandriya, Gollandiya, Geddern, Zelandiya, Utrext grafliklari va h.k.) tashkil topdi. 12-a.dan shahar rivojlana boshladi. 15-a.ning2-choragigacha N.da feodal tarqoqlik hukm surdi. 1433 y.da Gollandiyani, soʻngra N.ning boshka knyazliklarini Burgundiya gersoglari bosib oldilar (q. [[Niderlandiya tarixiy viloyati]]). Karl V imperiyasi parchalangach, N. (1556 y.dan keyin) Ispaniyaga karam boʻlib qoldi. 16-a. N. inqilobi natijasida mamlakat ispanlar zulmidan ozod boʻldi va Birlashgan viloyatlar respublikasi tuzildi. 17-a.da savdo va dengizchilik rivojlanishi natijasida N. Yevropaning rivojlangan davlatlaridan biriga aylanib, Osiyo, Amerika, Afrikada yangi yer-mulklarni qoʻlga kiritdi, Indoneziya, Gviana, Kichik Antil o.larini va Kap viloyatini oʻziga qaram qilib oldi. 1795—1813 y.larda Gollandiya qirolligi Fransiya tar-kibiga kirdi. 1815 y.da Belgiya bilan birlashib, N. qirolligi tashkil etildi. 1830 y. inqilob natijasida Belgiya N.dan ajralib chiqdi.
 
1848 y.da N. konstitutsiyasi qabul qilindi. 1840—70 y.larda sanoat tez oʻsdi. 1860 y.dan davlat t.y. qurishni oʻz qoʻliga oldi. 1876 y.da Amsterdam — Shim. dengiz, 1882 y.da Rotterdam — Shim. dengiz kanallari qurildi. Rotterdam Germaniya uchun tranzit portga aylandi. 1861 y.da birinchi kasaba uyushmasi tashkil topdi. N.da 19-a.ning soʻnggi choragida sanoatlashuv jarayoni, asosan, nihoyasiga yetdi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari (kemasozlik, toʻqi-machilik va oziq-ovqat sanoati) modernizatsiya qilindi. Neft monopo-liyalari tuzildi. Q.x.da ekstensiv dehqonchilik va chorvachilikdan zamonaviy i.ch.ga oʻtildi. Yangi t.y.lar qurildi.
 
l-jahon urushi (1914—18)da N. oʻzining betarafligini maʼlum qildi. 1917 y. iqtisodiy qamal natijasida N.da i.ch. va savdo susayib ketdi. 1918 y. bahordan dengizda kema qatnovi ham toʻxtadi. 1925—29 y.larda N.da sanoatning yangi tarmoklari (radioapparatlar i.ch., neftni qayta ishlash) vujudga keldi. Jahon iqtisodiy boʻhroni davri (1929—33)da N.da sanoat mahsuloti i.ch., eksport va import 2 bara-var kamaydi.
 
2-jahon urushi boshlanishi bilan N. betaraflik eʼlon qildi. 1940 y. 10 mayda fashistlar Germaniyasi toʻsatdan bostirib kirdi va 14 mayda N. taslim boʻldi. Qirolicha Vilgelmina va xuku-mat Buyuk Britaniyaga koʻchib ketdi. N.ni natsistlar idora qila boshladi. 1944 y. sent. — 1945 y. martda Ittifoqchi davlatlar qoʻshinlari N.ningjan.ni, 1945 y. apr.
 
da sharqini ozod qildilar. 1945 y. may oyi boshlarida Germaniya qurolli kuchlarining N.dagi qismlari taslim boʻldi. 1948 y.ga kelib, N da i.ch. urushdan avvalgi darajaga yetdi. Chetga sarmoya chiqarish keskin koʻpaydi. I.ch. ning konsentratsiyalashuvi tezlashdi. 1950-y.larda milliy ozodlik harakati kuchayishi natijasida N. mustamlakalaridan mahrum boʻldi. N. — 1945 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 30 apr. (Qirolicha kuni). N. 1991 y. 31 dek.da OʻzR suverenitetini tan oldi va 1992 y. 10 iyulda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi.
 
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Davlat islohot partiyasi, 1918 y.da tuzilgan; Markaz demokratlari, 1993 y.da tashkil etilgan; De-mokratlar-66, 1966 y.da asos solingan; "Soʻl koʻkatparvarlar", 1991 y.da tuzilgan; Ozodlik va demokratiya uchun xalq partiyasi, 1948 y.da tashkil etilgan; Mehnat partiyasi, 1946 y.da tuzilgan; Islohotchi siyosiy federatsiya, 1975 y.da asos solingan; Islohot siyosiy ittifoqi, 1948 y.da tuzilgan; Sotsialistik partiya, 1972 y.da tashkil etilgan; Ittifoq 55+, 1994 y.da tashkil etilgan; Xristian-demokratik daʼvat, 1976 y.da asos solingan; Kek-salar umumiy uyushmasi, 1994 y.da tuzilgan. N. kasaba uyushmalari federa-siyasi, 1976 y.da tashkil etilgan; Kasaba uyushmalari xristian milliy uyushmasi, 1909 y.da tuzilgan.
 
Xoʻjaligi. N. — yuqori darajada rivojlangan industrial agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 24,4%, q.x. ulushi 4,3%. N. muhim dengiz va kuruklikdagi transport yoʻllari kesishgan yerda joylashgan.
 
Sanoati ning texnika darajasi yuqori, malakali ishchi kuchi bilan taʼminlangan. Tabiiy gaz N.ning asosiy kon boyligidir. Neft, toshkoʻmir ham qazib chiqariladi. I.ch. sanoatining yetakchi tarmoklari — kemasozlik, qora va rangli metallurgiya, metallsozlik va mashinasozlik, kimyo, neftni qay-ta ishlash va neft kimyosi, elektrotexnika, radioelektronika, oziq-ov-qat, toʻqimachilik. Aviasozik va avto-mobilsozlik ham rivojlangan. Rangli metallurgiya sanoatida alyuminiy, rux va kalay eritiladi. Amsterdam, Rotterdam, Utrext, Harlem va b. shaharlarda umumiy mashinasozlik, Rotterdam, Sxidam, Dordrext, Amsterdamda yirik kemasozlik, Born va Eyndxovenda av-tomobilsozlik, Rotterdam, Amsterdam va Flissingen atroflarida neftni qayta ishlash korxonalari bor. Plastmassa, oʻgʻit hamda sintetik tola uchun xom ashyo ishlab chikariladi. Gaz va osh tuzi xom ashyo bazasida kimyo sanoati rivojlangan. Farmatsevtika sanoati, lok, boʻyoq va boʻyovchi moddalar i.ch. juda taraqqiy qilgan. Xengelo sh.da katta tuz z-di bor. N.ning kad. sanoati — olmosga sayqal berish, asosan, Amsterdam sh.da joylashgan. Oziq-ovqat sanoati mahsulotining 1/3 qismini goʻsht-sut korxonalari beradi. Meva-sabzavot konservalari, pivo, kakao, shokolad i.ch. rivojlangan. Toʻqimachilik sanoatida, asosan, ip gazlama va sunʼiy ipakdan shoyi ishlab chiqariladi. Yi-liga oʻrtacha 74 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.
 
Qishloq xoʻjaligi koʻp miqdorda tovar mahsulot ishlab chiqarib, mamlakat eksport qiymatining 1/4 semiki beradi. Q.x.da foydalanishga yarokdi yerlar (2,2 mln. ga)ning 60% oʻtloq, 35% haydaladi, 3% bogʻ, poliz va gulchilik xoʻjaliklari. N. — chetga eng koʻp sut mahsulotlari, tuxum, par-randa goʻshti, goʻsht konservalari, choʻchqa goʻshti chiqaruvchi mamlakatlardan. Q.x. mahsulotlari qiymatining 2/3 qismiga yaqinini chorvachilik va parrandachilik beradi. Bogʻdorchilik, sabzavotchilik va gulchilik dehqonchilikdan olinadigan mahsulot qiymatining 60% ni beradi. N. — issiqxonalarda yetishtirilgan sabzavot, meva va uzumni eksport qilishda dunyoda 1-oʻrinda. N. koʻp miqdorda kartoshka eksport qiladi. Bundan tashqari, qand lavlagi, donli ekinlardan bugʻdoy, arpa, suli ekiladi. Yiliga 2 mlrd. donadan koʻproqlola piyozi yetishtiriladi. Baliq ovlanadi.
 
Transporti. Savdo flotining tonnaji jihatidan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida 3-oʻrinda turadi. Yuk aylanmasi boʻyicha dunyoda eng katta portlardan biri — Rotterdam porti yiligi 280 mln. tonna yuk oʻtka-zadi. Mamlakat ichkarisida tashiladigan yuklarning 80% avtomobil trans-portiga, 17,1% suv transportiga, 2,9% t.y. transportiga toʻgʻri keladi. T.y. uz. — 2850 km, avtomobil yoʻllari uz. — 118,2 ming km. KLM aviakompaniyasi yoʻlovchilar tashish boʻyicha dunyoda 7-oʻrinni egallaydi. Amsterdamda xalqa-ro aeroport bor.
 
N. chetdan poʻlat, transport vositalari, kimyoviy mahsulotlar, mineral yoqilgʻi sotib oladi. Chetga tayyor buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, roʻzgʻorbop elektr asbob-uskuna va ashyolar chiqaradi. N., asosan, Yevropa mamla-katlari bilan savdo-sotiq qiladi. Chet el sayyoxligi rivojlangan (yiliga 3 mln. sayyoh kelibketadi). Asosiy mijozi boʻlgan GFR ga importning salkam 33% va eksportning 22% toʻgʻri keladi. Pul birligi — gulden.
 
Tibbiy xizmati, maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Aholiga yuqori darajali tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Davlat kasalxonalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham mavjud. Vrachlar un-tlar huzuridagi 8 ta tibbiyot f-tida tayyorlanadi.
 
1950 y.dan mamlakatda 8 y.lik be-pul majburiy taʼlim toʻgʻrisidagi qrnun kuchga kirgan. 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar 6 y.lik maktabga qatnaydilar. Oʻrta maktablar ikki turda: un-tga kirish huquqini beradigan 6 y.lik gimnaziya, atenium (real oʻrta maktab) va litseylardir. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari tarkibiga kichik, oraliq va yuqori oʻrta maktablar kiradi. N.dagi boshlangʻich va oʻrta maktablarning faqat 30% davlat qaramogʻida. Boshlangʻich maktab negizida hunar va oʻrta maxsus taʼlim tizimi tashkil etilgan. Ularda oʻqish muddati bir necha oydan 5 y.gacha.
 
N.da toʻliq oliy maʼlumot beradigan 9 ta un-t, 3 ta texnika un-ti, un-t darajasidagi 4 ta kollej, shu jumladan, Vageningendagi oliy q.x. maktabi bor. Davlat un-tlari: Leyden (1575 y.da asos solingan), Utrext (1636), Groningen (1614), Amsterdam (1877), Rotterdam un-tlari va b. Davlatga qarashli va xususiy ilmiy muassasalar mavjud. Un-tlar huzuridagi in-tlar, Amaliy tadkikrt markaziy tashkilotining in-tlari, N. qirollik fanlar akademiyasi va vazirliklarning , N. fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish tashkilotining in-tlari, Yadro energiyasi markaziy kengashi, Xalqaro munosabatlar in-ti va b. mavjud.
 
Yirik kutubxonalari: Amsterdam, Leyden un-tlarining kutubxonalari, Gaagadagi Qirollik kutubxonasi va b. Amsterdamda Davlat muzeyi (1808 y.da asos solingan), Van Gog milliy muzeyi (1972), Rembrandt uy-muzeyi (1907), Qirollik tropik in-tining muzeyi, Gaagada munitsipal muzey, Qirollik rassomchilik maskani (1820), Pochta muzeyi (1929), Leydenda Milliy etnografiya muzeyi (1837), Milliy geol. va mineralogiya muzeyi bor.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Eng yirik gaz. va jur.lari: "Alxemeyn daxblad" ("Kundalik umumiy gazeta", 1946 y.dan), "Bin-nenxof" ("Ichki hovli", oqshom gaz., 1945 y.dan), "Gaagse kurant" ("Gaaga gazetasi", 1883 y.dan), "Telegraf" (kundalik gaz., 1893 y.dan), "Trau" ("Sadokat", kundalik gaz., 1943 y.dan), "Folkskrant" ("Xalq gazetasi", kundalik gaz., 1920 y.dan), "Fray Nederland" ("Erkin Niderlandiya", haftalik gaz., 1940 y.dan), "Fraye folk" ("Ozod xalq", kundalik gaz., 1900 y.dan), "Frayxeyd en demokrati" ("Ozodlik va demokratiya", xaftalik gaz., 1949 y.dan), "Xrune amster-dammer" ("Koʻkatparvar amsterdamlik", haftalik gaz., 1877 y.dan), "Demokrat" (oylik jur.), "Politik en kyul-tyur" ("Siyosat va madaniyat", oylik jur., 1940 y.dan). Alxemeyn Nederlands Persbyuro — ANP, N. axborot agentligi, 1943 y.da tuzilgan. Gollandiya gaz.lari noshirlarining kooperativ uyush-masi. N. radioeshittirish korporatsiyasi radioeshittirish va telekoʻrsatuv tashkiloti boʻlib, hukumat nazoratida ishlaydi, 1969 y.da tashkil etilgan.
 
Adabiyoti. Golland tilidagi eng qad. adabiy yodgorlik 9-a.da dunyoga kelgan. Niderland va nemis adabiyotida G. van Feldeks (1140—1200) saroy eposini yaratib shuhrat qozondi. "Reynard haqida qoʻshiq" deb atalgan xalq dostoni xalqchil sheʼriyat va dramaturgiyaning rivojlanishiga zoʻr taʼsir oʻtkazdi. 13-a.da diniy adabiyot rivojlandi. N. adabiyetining yirik namoyandasi Erazm Rotterdamskiyning "Bemaʼnilik madxi" hajviy asari (1509) Uy-gʻonish davri ruhida yozilgan. 17-a. N. madaniyatida "oltin asr" boʻldi. Bu davrda turli okimlarga mansub adiblar ij-timoiy va axloq-odob masalalariga oid asarlar yaratdilar, gumanistik, demok-ratik gʻoyalar rivojlandi. Shoir va dramaturg Y. van den Vondel (1587— 1679)ning "Mariya Styuart", "Lyusifer" tragediyalari jahon adabiyetining nodir asarlaridan boʻlib qoldi. 18-a. adabiyotida milliy-demokratik anʼanalar susaydi. 19-a.da yashab, ijod qilgan adiblar — A. Staring , E.Y.Potgi-ter, N.Bets va b. golland mustamlakachiligini tanqid qildilar va umuman, oʻtkir ijtimoiy muammolarni koʻtarib chikdilar. 19-a. 2-yarmi va 20-a. boshlarida adabiyotda sotsialistik goyalar xukmronlik qildi. 30-y.larda "Forum" jur. atrofida uyushgan adiblar fashizmga qarshi kurashdilar. 50-y.larda L. Froman, P.Rodenko, Lyusebert, R.Kampert, XLampo Yevropa adabiyoti oqimida bordi. 80—90-y.larda V.Ryuislink, X. Xe-resm, J. Gamelink, Ya. Kremer va b. realistik tamoyillarni kuchaytirdi.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Qad. N. hududida neolit davrining sopol idishlari, toshdan qurilgan megalitik inshootlari, mil. av. 1-ming yillikka mansub kelt manzilgoxlari, mil. 1—3-a.lar qad. Rim binolarining qoldiqlari, germanlarning metall, zargarlik buyumlari saqlangan. Oʻrta asr meʼmorligi namunalari Amsterdam, Gaaga va b. shaharlarda mavjud (shahar devorlari, saroy, qalʼa, uylar). Mamlakatda tuproqning botqokligi, tosh tanqisligi binolarning gʻisht va yogʻochdan qurilishiga sabab boʻlgan.
 
16— 17-a.lar tasviriy sanʼatida tur-mush manzaralari, natyurmort, portret janri rivojlandi (yana q. [[Niderland sanʼati]]). 17-a. oʻrtalarida klassitsizmning golland badiiy maktabi rivoj topdi (binolarning sodda va qulay boʻlishiga koʻproq eʼtibor berildi). 17-a. 2-yarmida fransuz klassitsizmining boy saroy va park meʼmorligi taʼsiri kuchaydi. Jamoat, savdo va i.ch. binolari (ratusha, birja, savdo rastalari va b.) qurildi (meʼmorlar Ya. van Kampen, P. Post, aka-uka F. va Yu.Vingbons va b.). 17-a.da haykalta-roshlik unchalik rivojlanmadi (binolar haykal bilan kamdankam bezatildi, portret haykallar juda kam ishlandi). Rassomlik va grafika esa keng rivoj topdi. Realistik rassomlik yuksalib, butun Yevropa tasviriy sanʼatiga sa-marali taʼsir oʻtkazdi. Golland rassomlari, odatda, biror janrga ixtisoslashgan. Portret (F.Xals), dehqonlar hayoti (A. van Ostade) va shahar hayoti (Ya. Sten, G. Terborx va b.), ifodali maishiy janr, manzara (Ya. Porsellis, Ya. van Ryoysdal) va b. janrlarda qim-matli asarlar yaratildi. Rembrandt, F. Xale, K. Fabritsius kabi buyuk rassomlarning ijodida demokratik kayfiyatlar mohirona ifodalandi.
 
19-a.da shaharlarda aholi tigʻizlashdi, ixcham, tejamkor meʼmorlik shakllariga eʼtibor kuchaydi. Tasviriy sanʼatda oddiy mehnatkash kishilar hayotiga ahamiyat berildi. 2-jahon urushidan soʻng Amsterdam, Gaaga, Rotterdam va b. shaharlarda binolarning oqilona joylashishiga erishildi, milliy romantik tamoyillar bilan sugʻorilgan funksionalizm yetakchi oqim boʻlib qoldi. 19-a. 2-yarmida Gaaga rang tasvir maktabi, 20-a.da golland haykaltaroshlik maktabi shakllandi. Hoz. zamon N. tasviriy sanʼatida turli modernistik okimlar yoyilgan, ammo demokratik tamoyillar ham (Charli Torop, X. Shabo, P. Alma ijodida) sezilib turadi.
 
Musiqasi. N.ning musiqa madaniyatiga doyr dastlabki maʼlumotlar ilk oʻrta asrlarga mansub. 12-a.dan ritsarlik lirikasi rivoj topdi. 14-a.da menestrellar deb atalgan sayoq sozanda va xonandalar xalq qoʻshiqchiligini professional sanʼat darajasiga koʻtardilar. Bayram, yarmarka, turli musobaqalarda musiqa asboblari joʻrligida ashula va raqslar ijro etish odat tusiga kirdi. 15—16-a.larda musiqa sanʼati, ayniqsa, yuksaldi. Xususan, Uygʻonish davrida vujudga kelgan Niderland maktabi Yevropaning kompozitorlik ijodiyotiga taʼsir oʻtkaza boshladi. 17-a.da musiqa as-boblarini i.ch. ham rivojlandi. 17-a. oxirlaridan N.da ingliz, fransuz, italyan musiqalari taʼsiri oshdi, komik operalar sahnaga qoʻyiddi. K. Haquartning "Ishq tantanasi" (1678) klassitsizm uslubidagi birinchi golland operasidir. Shu yillarda musiqa jamiyatlari tashkil etildi. 19-a.ning 1-yarmidan milliy-demokratik musiqa madaniyati rivoj topa boshladi. Amsterdam konservatoriyasi (1884), N. musiqachilari qirollik jamiyati (1875), Milliy opera (1916—23), N. kompozitorlari jamiyati (1911) va b. tashkilotlar mamlakatda musiqa madaniyati rivojida muhim ahamiyatga ega boʻddi. Amsterdamda 1948 y.dan yozgi musiqa festivallari oʻtkazib turiladi. Mamlakatda bir necha opera va balet teatrlari, 12 simfonik orkestr, 7 konservatoriya (baʼzilarida Sharq musiqasi oʻrganiladi), 3 musiqa litseyi, Amsterdam, Leyden va Utrext un-tlarida musiqa tarixi va nazariyasi f-tlari bor. Kompozitorlardan G.Landre, S.Bessem, K. van Baren, dirijyorlardan P. Xyupperts, B.Xaytink, musiqa ijrochilaridan K.de Grot, L.Ponse, G.Leonhardt, T.Olof, T.Bayle va b. mashhur.
 
Baleti oʻrta asrlardan vujudga kela boshlagan, bayram va karnavallarda raqslar koʻp ijro etilgan. 1959 y.da Amsterdam balet truppasi tuzilgan. Uning S.Gaskell truppasi (1954) bilan qoʻshilishi (1961) tufayli N. milliy baleti tashkil topgan. Gaagada 1961 y.dan N. rake teatri ishlaydi. 1945 y.dan bolalaruchun spektakllar qoʻyadigan "Skapino" truppasi ishlab turibdi. O.de Xaye, Ya.Fli-yer, I.Sanders N. operasini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi.
 
Teatri. 12-a. oxiridan boshlab dramatik asarlar sahnalashtirila boshladi. 14-a.da adabiyot va teatr shinavandalari jamiyati tuzildi. 1638 y.da Amsterdam sh. teatriga asos solindi. Koʻplab sayyor truppalar mamlakat boʻylab tomoshalar koʻrsatardi. 1870 y.da tuzilgan "Niderland teatr uyushmasi" milliy teatr sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. N.da havaskorlik teatrlari keng tarqalgan. Teatrlarda U. Shekspir, F. Shiller, F. Dostoyevskiy, N. Gogol, A. Chexov, M.Gorkiy asarlari koʻrsatilgan. Keyingi yillarda mahalliy mual-liflardan Ya. Stal, S.Notebom, Ya. van der Merve va b.larning asarlari koʻplab sahnalashtirildi. Arnem, Rotterdam sh.larida teatrlar mavjud. Zamonaviy sahna ustalari orasida A. van Dalsyum, K. van Deyk, E. van Lingen, V. Fos mashxur. Amsterdamda Teatr muzeyi bor.
 
Kinosi. 1898 y.dan hujjatli, 1910 y.dan badiiy filmlar ishlab chiqarilgan. 1927 y. Amsterdamda kino sanʼatini targʻib qiluvchi "Filmliga" kino klubi tashkil qilindi. Uning tarkibiga kirgan kino xodimlari "Ulik suv" (rej. G.Ryutten) va b. filmlarni yaratdilar. Fashistlar okkupa-siyasi yillarida ekranlarda, asosan, nemis filmlari namoyish qilindi. Mamlakat fashistlardan ozod qilingandan keyin Qarshilik harakati toʻgʻrisida koʻplab hujjatli filmlar suratga olindi (rej. R.Xorneker, J.Fernu, O. van Neyenxof va b.), badiiy filmlar yaratish keng yoʻlga qoʻyildi. Keyingi yillarda "Amsterdam, suv shahri" (rej. M.Xas) ilmiy-ommabop filmi, "Suv ovozi" (rej. B.Xanstra), "Kasbdoshlar, shovqin qilmang" (rej. F.Rademakers), "Turk mevasi" (rej. P.Ferxuven) kabi badiiy filmlar chiqarildi. Kinematografiya kadrlari Amsterdam kino in-ti va kino akademiyasida tayyorlanadi.
 
Oʻzbekiston — N. munosabatlari. OʻzR Prezidenti I.Karimovning 1993 y. N.ga qilgan tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga negiz yaratdi. Tashrif chogʻida "Oʻzbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida qoʻshma bayonnoma" imzolandi. 1996 y. Toshkentda "Inves-titsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish haqida" bitim tuzildi.
 
OʻzR bilan N. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1999 y.da 139,6 mln. AQSH dollarini, shu jumladan, eksport 98,1 mln. dollarni, import esa — 41,5 mln. dollarni tashkil qildi. OʻzRda golland sarmoyasi ishtirokidagi 10 korxona roʻyxatga olingan, shundan 7 tasida golland sarmoyasi 100%ni tashkil etadi. OʻzR Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi huzurida N.ning 7 firmasi oʻz vakolatxonasini ochgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
Qator 22 ⟶ 89:
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}