Abdulmoʻminxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Abdulmo‘minxon bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
Qator 1:
{{birlashtirishga|Abdulmo‘minxon}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Abdulmoʻminxon''' (7-1599) -Shayboniylardan. Abdullaxon II ning oʻgʻli. Balx va Badaxshon hokimi (1582— 98). Buxoroxoni (1598-1599). 1589 y. dan ota-bola munosabatlari keskin yomonlashadi. Chunki, Abdullaxon II Hirotni safaviylardan qaytarib olgach, uni oʻz oʻgʻli qolib, Qulbobo Koʻkaldoshga inʼom qiladi. Buning ustiga u Xurosondagi noiblari — Qulbobo Koʻkaldosh, Dinmuhammad sulton va b.ga yozma farmon joʻnatib, A.ga itoat etmaslikni va hatto biror qulay fursatdan foydalanib uni jisman yoʻq qilishni buyuradi. Shuningdek, u Niso, Obivard va Durun hokimi Nurmuhammadxonni qoʻllab-quvvatlab, uni A.ga qarshi urushga undaydi. Bundan dargʻazab boʻlgan. A. 1597 y. kuzida otasiga qarshi bosh koʻtarib, Balx va Badaxshon qoʻshini bilan Amudaryo boʻyiga kelgan. Abdullaxon II ning qoʻshini Nasaf (Qarshi) atro-fida joylashgan. Abdullaxonga koʻmakka viloyat hokimlari, maye: Axsi va Andijon hokimi Oʻzbek sulton oʻz qoʻshinlarini yuborgan. Buxoro va Balx ulamolari aralashuvi bilan ota-bola oʻrtasidagi nizoga barham berilgan. A. otasi vafot etgach, Buxoroga qaytib taxtni egallagan. U Eron safaviylari bilan Xuroson uchun kurashni davom ettirgan.