Parkent: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Parkent (maʼnolari)}}
'''Parkent''' — Toshkent viloyati Parkent tumanidagi shahar (1984 y.dan). Tuman markazi. Yaqin t.y. stansiyasi va viloyat markazi (Toshkent sh.)dan 47 km. Aholisi 45,5 ming kishidan ziyod (2003). Shahar aholisi va xoʻjaliklari Parkentsoy va Parkent kanalidan suv oladi. P.da 1 qoʻshma korxona, 22 kichik, 16 korxona, firmalar, 5 sanoat korxonasi, non z-di, dehqon bozori bor. 14 umumiy taʼlim maktabi, musiqa va sport maktablari, ixtisoslashgan maktab, kasb-hunar maktablari, markaziy va bolalar kutubxonalari, madaniyat uyi, "Kichkin-toy" bolalar xiyoboni, "Onalar va bolalar bogʻi", madaniyat va istirohat bogʻi, stadion (10 ming oʻrin), marka-ziy kasalxona, poliklinika, 12 do-rixona, 75 savdo, 145 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud. P. — Toshkent yoʻnalishida avtobus qatnaydi.