Nelson Mandela: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ilkhom (munozara | hissa)
`
(Farq yoʻq)

24-Yanvar 2008, 09:17 dagi koʻrinishi

Nelson Rolihlahla Mandela (18 iyul, 1918 yilda tug`ilgan, Kunu, Umtata yaqinida) — 10 may 1994 yildan 1999 yilgacha — JAR prezidenti, aparteid ning mavjud bo`lgan davridan boshlab inson huquqlari uchun kurash olib borgan eng mashhur aktivistlardan biri, shu sababli u 28 yil qamoqda o`tirgan, 1993 yil dunyo Nobel mukofoti sovrindori.

Nelson Mandela
SSSR markasi, 1988 yil

Talabalik davrida turli namoyishlarda qatnashgan, keyinchalik Yohannesburgda muharrir bo`lib ishlagan va Vitvatersran Universitetiga o`qishga kirgan. 1944 yil ANK yoshlar ligasini yaratishda qatnashgan. Keyinchalik, kurashning kuchayib borish tufayli, "M reja" deb nomlanuvchi reja ishlab chiqadi, unga ko`ra ANK yacheykalari yashirinishgan. 1952 yil Mandela o`z o`rtog`i Oliver Tambo bilan birgalikda qoratanlilarni boshqaruvchi birinchi qonuniy firmani tashkil etishadi. 1961 yilda ANK radikal qanotni boshqaradi, "Umkxonto ve sizve", davlatga qarshi siyosiy sabotaj boshlaydi. 1968 yil noyabrda Mandela qamoqqa olinadi va Robben Aylend qamoqhonasida butun umrga ozodlikdan mahrum etiladi.

1948 yil sekretar va ANKda ikki marta prezident bo`lgan(1950 va 1991 yillarda). 50 dan ortiq halqaro Universitetlar a`zosi. 1990 yil 18 fevralda Mandela qamoq jazosidan ozod etiladi, 11 fevralda yarashish va qurolli qarshilik ko`rsatish to`htatilishi haqida e`lon qiladi.


1999 yil JAR prezidentlik lavozimidan ketgach, VICh va OITS muammolariga katta e`tibor bera boshlaydi. Ekspertlar fikriga ko`ra JAR da hozirgi kunda OITS bilan kasallanganlar besh millionni tashkil etadi, bu ko`rsatkich boshqa barcha davlatlardan ko`p.

Mandelaning katta o`g`li Makgaxo Mandela OITSdan vafot etgach, Nelson Mandela dunyoni ushbu kasallikka qarshi kurash olib borishga da`vat etadi.


Oila

  • Makgaxo Mandela - katta o`g`li, 2005 yil OITS kassalligi tufayli 54 yoshida olamdan o`tgan.
  • Tembekile - Mandela kichik o`g`li, Mandela qamoqda jazo o`tayotgan paytda avtohalokatda vafot etgan. Mandela qamoqhonada 27 yil umrini o`tkazgan.
  • Hozir Mandelaning uch qizi qolgan: bittasi- birinchi rafiqasi Evelindan, va ikkitasi- ikkinchi rafiqasi Vinnidan.
  • Evelin Makgahoning onasi edi. Shuningdek o`tgan yili Makgaho rafiqasi-Zondi vafot etadi.


Havolalar