Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 165 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q1085 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 34:
ilovalar = |
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Praga''' — Chexiyaning poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy vamadaniy markazi. Vltava daryosining har ikki sohilida. Iqlimi moʻʼtadil, kontinental; yanv.ning oʻrtacha t-rasi 0°, iyulniki 19,2°. Yillik yogʻin 500 mm. Aholisi 1,2 mln. kishi (2000). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Shahar tarixiy manbalarda 928 y.dan tilga olingan. 10-a.dan Chexiya davlatining poytaxti. P. Yevropadagi yiriksavdo shaharlaridan boʻlgan. Oʻttiz yillik urush (1618—48)dan keyin P.ning mavqei pasaygan. 19-a. oʻrtalaridan yirik sanoat shaxriga aylandi. 1918 y.dan Chexoslovakiya Respublikasi poytaxti. 1939 y.da P.ni nemis fashistlari bosib olgan. 1945 y. 9 mayda ulardan ozod qilindi. 1993 y.gacha Chexoslovakiya poytaxti.
 
P. — xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. P. mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 1/10 qismini beradi. Mashinasozlikning turli sohalari: avtomobilsozlik,samoletsozlik, motorsozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoatlari rivojlangan. Kime, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Metropoliten qurilgan. FA, Musiqa sanʼati va Tasviriy sanʼat akademiyalari, un-tlar, shu jumladan, Karl un-ti (1348), milliy muzey, milliy galereya, shahar mu-zeyi, 25 dan ortiq teatr va b. bor.
 
P.da 10—18-a.larga oid meʼmoriy va tarixiy obidalar saqlangan. Vishegrad qalʼasi, gotika sobori (11 —16-a.lar), Qirol saroyi (12—18-a.lar), Belveder saroyi (16-a.) va kad. maydonlar bor. Yangi turar joy binolari, zamo-naviy mehmonxonalar va b. jamoat binolari qurilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
[[Tasvir:Prague - Hradcany in winter.jpg|thumb]]
'''Praga''' (Chexcha: ''Praha'') — [[Chexiya|Chex Respublikasining]] [[poytaxt]]i.
Qator 56 ⟶ 65:
{{Link FA|hu}}
{{Link FA|nl}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}